Jismoniy tarbiya, 2 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2018.
Учебник по физкультуре для 2 класса на узбекском языке.
Siz 1-sinfda jismoniy tarbiyaning kelib chiqishi, uning hayotda tutgan o‘rni haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgansiz va har bir odam o‘z tanasini rivojlantirish uchun jismoniy mashqlarni bajarishi lozimligini tushun gansiz.
Jismoniy tarbiya orqali jismoniy harakatlarni bajarish usullarini o‘rgangansiz va mustaqil bajara oladigan bo‘lgansiz.
O‘quv yili davomida Siz «Salomatlikni mustahkamlashda jismoniy mashqlarning ahamiyati» bo‘yicha bilimga ega bo‘lasiz. «O‘quvchilarning kun tartibi», dastlabki holatlar va
turli ha rakatlarni o‘rganasiz. Bulardan tashqari, dars jarayonida o‘rganiladigan asosiy harakatlarni shakllantirib borasiz.
