Учебник по физкультуре для 7-8 класса на узбекском языке.
Har biringiz o‘zingiz qiziqqan sport turi bilan shug‘ ullanar ekansiz shaxsiy xususiyatlar, jismoniy rivojlanganlik darajasi, jismoniy sifatlar (kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik va boshqalar)ning holati, shug‘ullanayotgan sport turining qay darajada egallanganligi, kun tartibiga qat’iy rioya qilinganligi, ovqatlanish, uyqu va shu singarilar bilan bog‘liq bo‘lib, u 1 — 3 yil davom etadi. Shunga muvofiq, ushbu o‘quv qo‘llanmada siz sevgan sport turi, uning organizm uchun ahamiyati haqida, kuchni, chaqqonlikni, tezkorlik, ko‘z bilan chamalash, harakat koordinatsiyasini rivojlantirishga oid qiziqarli ma’lumotlar beriladi.
Siz hozir turli mustaqil jismoniy mashqlarni bajara oladigan o‘smir yoshidasiz. Sizda kuch va chidamlilik faol rivojlanayotganligi tufayli yengil atletika, basketbol, voleybol, futbol, kurash, velosport, eshkak eshish va boshqa sport turlari bilan muntazam shug‘ullana olasiz. Ammo siz ma’lum qoidalarga qat’iy amal qilib borishingiz zarur.








