9-sinfda geometriyaning planimetriya qismini — yassi geometrik shakllarning xossalarini o'rganish davom ettiriladi. Unda siz geometrik shakllarning o'xshashligi, uchburchakning tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatlar, aylana uzunligi va doira yuzi, uchburchak va aylanadagi metrik munosabatlar bilan tanishasiz. Ushbu "Geometriya" darsligining mazmuni qat'iy aksiomatik tizim asosiga qurilgan. Unda nazariy materiallar imkon boricha sodda va ravon tilda bayon etilgan. Barcha mavzu va tushunchalarni turli-tuman hayotiy misollar orqali ochib berishga harakat qilingan. Har bir mavzudan so'ng berilgan savollar, isbotlash, hisoblash va yasashga doir masala va misollar o'quvchini ijodiy fikrlashga undaydi, unga o'zlashtirilgan bilimlarni chuqurlashtirishga va mustahkamlab borishga yordam beradi. Darslik o'zining o'zgacha dizayni va dars materialining ko'rgazmali qilib taqdim etilishi bilan ham ajralib turadi. Unda keltirilgan rasm va chizmalar dars materialini yaxshiroq o'zlashtirishga xizmat qiladi.








