Mazkur darslik davlat ta'lim standard va dasturining takomillashtirilgan variantiga mos holda yozildi. Sinfda ishlash uchun tavsiya etilgan masalalar nisbatan murakkab masala bilan tugaydi, qiyinroq deb hisoblangan masalalar alohida ajratib ko'rsatilgan bo'lib, ular o'quvchilarning qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Undan keyingi masalalar uy vasifasi uchun mo'ljallangan. Har paragraf oxirida mos qo'shimcha masalalar berilgan. O'quvchilarning bilimlarini sinash uchun minimal miqdorda mavzuiy testlar mavjud bo'lib, ularda o'quvchilarning bilimini sinash nazarda tutilgan. Testlar DTS ga mos holda tuzilgan. Kurs oxiridagi takrorlash mashqlaridan dars jarayonida ham foydalanish mumkin. Qayta ishlash jarayonida ekspert xulosalari nazarga olindi va yangi masalalar bilan to'ldirildi.








