Учебник по химия для 7 класса на узбекском языке.
Bu o‘quv yilida Siz birinchi marta ajoyib fan – kimyo bilan tanisha boshlaysiz. Kimyo “mo‘jizaviy o‘zgarishlar sanoati” deb ham ataladi. Bu tabiatda mavjud bo‘lmagan materiallarni sintez qilish imkonini beradi, ular barcha turdagi mashinalar va qurilmalarni ishlab chiqishda, uy-joy qurishda, kiyim-kechak va poyabzal ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Kimyo bizning atrofimizda: nima qilsak ham, qo‘limizda nima bo‘lmasin, hamma joyda turli moddalarning o‘zgarishi, ya’ni kimyoviy reaksiyalar hamroh bo‘ladi.
Probirkada moddalarni qizdirish.
Qizdirish jarayonida probirkadan biror modda sachrab shikast yetkazmasligi uchun probirkani isitish asbobi alangasi ustida qiyshaytirilgan, probirka og‘zini o‘zingiz va sinfdoshlaringizdan uzoqda tutgan holda qizdiring. Jarayonda probirkani pastdan yuqoriga, so‘ngra yuqoridan pastga tomon ehtiyotkorlik bilan qizdiring, buni bir necha marta takrorlang. Keyin probirkada modda joylashgan qismi qizdiriladi.
Gaz gorelkalarining umumiy tuzilishi. Gaz gorelkalari metall nay, aralashtirgich, havo yoki kislorod oqimini me’yorlashtiruvchi halqa, gaz oqimini me’yorlashtiruvchi qotirgichdan iborat bo‘ladi.
Gaz gorelkasini yoqish va o‘chirish. Halqa va vint yordamida gaz va havo oqimi me’yorlashtiriladi. Gorelkani yoqish uchun gugurt yoki yonib turgan cho‘p gaz jo‘mragi ochilgan holda gorelka og‘ziga yon tomondan yaqinlashtiriladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri olib kelinsa, gaz oqimi alangani o‘chirib qo‘yishi mumkin. Havo oqimi gaz to‘la yonadigan qilib moslanadi. Gazning to‘la yonayotganini nursiz alangadan bilib olish mumkin. Gorelkani o‘chirish uchun gaz jo‘mragini teskari tomonga oxirigacha burash kerak.
MUNDARIJA.
I BOB. MODDALAR.
1.1. Kimyo fani va uning vazifalari.
1.2. Modda va uning xossalari.
1.3. Amaliy mashg‘ulot. Kimyo xonasidagi jihozlar bilan ishlashda mehnat xavfsizligi qoidalari bilan tanishish.
1.4. Amaliy mashg‘ulot. Laboratoriya shtativi, spirt lampa, gaz gorelkalari, elektr isitkich bilan ishlash.
1.5. Sof modda va aralashmalar.
1.6. Amaliy mashg‘ulot. Aralashmalar tarkibidan sof moddani ajratish (ifloslangan osh tuzini tozalash).
1.7. Moddalar agregat holatining o‘zgarishi.
1.8. Fizik va kimyoviy hodisalar.
1.9. Amaliy mashg‘ulot. Kundalik hayotda, xo‘jalikda sodir bo‘layotgan kimyoviy jarayonlarni kuzatish va tavsiflash.
1.10. Mustahkamlash darsi.
II BOB. KIMYOVIY ELEMENT, KIMYOVIY BELGI.
2.1. Atom.
2.2. Atom va uning tuzilishi, proton, neytron va elektronlar.
2.3. Kimyoviy element. Kimyoviy belgi.
2.4. Kimyoviy elementning nisbiy atom massasi.
2.5. Izotoplar. Izobarlar. Izotonlar.
2.6. Kimyoviy formula. Valentlik.
2.7. Molekula. Nisbiy molekulyar massa.
2.8. Oddiy va murakkab moddalar.
2.9. Modda miqdori. Avogadro doimiysi. Moddaning molyar massasi.
2.10. Valentlikka oid mashqlar yechish.
2.11. Amaliy mashg‘ulot. Kimyoviy formulalar asosida hisoblashga oid masalalar yechish.
2.12. Kimyoviy reaksiyalarning tenglamalarini tuzish.
2.13. Kimyoviy reaksiya tenglamalarini tuzishga oid mashqlar bajarish.
2.14. Mustahkamlash darsi.
III BOB. DAVRIY JADVAL.
3.1. Kimyoviy elementlarning tavsiflanishi.
3.2. Kimyoviy elementlarning tabiiy oilalari.
3.3. Kimyoviy elementlar davriy jadvali.
3.4. Mustahkamlash darsi.
IV BOB. HAVO. YONISH.
4.1. Havo va uning tarkibi.
4.2. Havoning ifloslanishiga ta’sir etuvchi omillar.
4.3. Kislorodning umumiy tavsifi.
4.4. Kislorodning fizik xossalari, olinishi va ishlatilishi.
4.5. Kislorodning kimyoviy xossalari.
4.6. Yonish.
4.7. Amaliy mashg‘ulot. Alanga tuzilishi va moddalarning kislorodda yonishi.
4.8. Ozon va uning ishlatilishi.
4.9. Kislorod va ozonning biologik ahamiyati.
4.10. Oksidlar.
4.11. Mustahkamlash darsi.
V BOB. VODOROD.
5.1. Vodorod.
5.2. Amaliy mashg‘ulot. Vodorodning olinishi va uning xossalarini sinash.
5.3. Vodorodning xossalari va ishlatilishi.
5.4. Kislotalar.
5.5. Amaliy mashg‘ulot. Kislotalarning olinishi va xossalari.
5.6. Amaliy mashg‘ulot. Kislotalarning metallar bilan o‘zaro ta’siri.
5.7. Kislotali yomg‘irlar.
5.8. Mustahkamlash darsi.
VI BOB. SUV.
6. 1. Suvning tarkibi.
6. 2. Suvning agregat holatlari va tabiatda aylanishi.
6. 3. Amaliy mashg‘ulot. Suvning fizik xossalari.
6. 4. Suvning kimyoviy xossalari.
6. 5. Amaliy mashg‘ulot. Suvning oksidlar bilan o‘zaro ta’siri.
6. 6. Neytrallanish reaksiyalari.
6. 7. Suvning ifloslanishi va uni tozalash usullari.
6. 8. Masalalar yechish.
6. 9. Mustahkamlash darsi.
VII BOB. INSON ORGANIZMIDAGI KIMYOVIY ELEMENTLAR VA BIRIKMALAR.
7.1. Tirik organizmlardagi kimyoviy elementlar va ularning ahamiyati.
7.2. Oqsillar. Yog‘lar. Uglevodlar.
7.3. Vitaminlar.
7.4. Minerallarning inson hayotidagi ahamiyati.
7.5. Amaliy mashgʻulot. Olma tarkibini aniqlash.
VIII BOB. FOYDALI QAZILMALAR.
8.1. Geologik kimyoviy birikmalar.
8.2. O‘zbekistondagi foydali qazilmalar va konlar.
8.3. Foydali qazilmalarni ishlab chiqarishdagi ekologik aspektlar.
8.4. Amaliy mashg‘ulot. Ekologik izni kamaytirish.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Kimyo, 7 sinf, Asqarov I., Gopirov K., Azamatova D., 2022 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Теги: учебник на узбекском языке :: химия :: Asqarov :: Gopirov :: Azamatova :: 7 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Предыдущие статьи:
- Kimyo, 10 sinf, Ismatov I., Azamatova D., 2022
- Химия, 8-й класс, Учебник, Габриелян О.С., Остроумов И.Г., Сладков С.А., 2023
- Химия, 7-й класс, Учебник, Габриелян О.С., Остроумов И.Г., Сладков С.А., 2023
- Анализ воды, Лаптев Ф.Ф., 1955