Adabiyot, 7 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2017

Adabiyot, 7 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2017.

Учебник по литературе для 7 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Ilohiy kitoblarda aytilishicha, so‘z dunyodagi barcha narsalarning asosidir. Rivoyat qiladilarki, Tangri o‘zining qudrati va jamoliga ko‘zgu bo‘ ladigan yaratiq barpo etishni istaydi-yu, kunlarning birida: «Yaral!» (arabchasi «Kun!») – degan so‘zni aytadi. Yaratgan amrining ifodasi bo‘lmish ana shu birgina so‘zning kuchi bilan o‘n sakkiz ming olam va undagi jamiki narsalar dunyoga keldi. Demak, so‘z olam va undagi narsalardan oldin paydo bo‘lgan ekan. So‘zning cheksiz qudratini shundan ham bilsa bo‘ladi. Har qanday inson hayotida juda katta ahamiyat kasb etadigan badiiy adabiyot ana shunday qudratga ega bo‘lgan so‘z bilan ish ko‘radigan san’at turidir. Shuning uchun ham badiiy adabiyot so‘z san’ati deb yuritiladi.

Adabiyot, 7 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2017


Hamza Hakimzoda Niyoziy.
Hamza 1889-yilning 6-martida Qo‘qon shahrida tug‘il gan. Otasi, o‘zining ta’biri bilan aytganda, «Buхoroga borib хalq do‘qtiri bo‘lib qaytgan»-igi uchun shoir nomiga tabibning o‘g‘li ma’nosida Hakimzoda qo‘shib aytiladi. Niyoziy shoirning adabiy taхallusi. Hamza o‘z tarjimayi holida o‘n yoshida «o‘zbekcha, forschaga tom savodli» bo‘lganli gini yodga oladi. Ya’ni bu ikki tilda o‘qib, yozib, fi krlay olish iqtidoriga ega bo‘lgan. Shu boisdan bo‘lsa kerak, Hamza o‘n yoshidan Qo‘qondagi madrasalardan birida o‘qiy boshlaydi. 1908-yilda Namangan ga borib, tahsilni davom ettiradi. U yerda Abdulla To‘q mullin degan tatar ma’rifatchisi bilan tanishadi. Shoir tarjimayi holida eslashicha, o‘n yoshlaridan she’r mashq qila boshlagan. To‘qmullin Ham za ning yuz sahifadan ortiqroq hajmdagi ijod namunalarini ko‘rib, unga har jihatdan yordam va maslahat beradi. Namanganda Hamza ning ta shabbusi bilan arab tili kursi ochiladi. Unda o‘n olti kishi ta’lim oladi. Iqtidorli Hamza uch oy ichida bu tilni ma’lum darajada o‘zlashtirib, otasiga arabcha хatlar yoza boshlaydi.

1907-yilda hajga ketayotgan otasini kuzatib Qashqargacha borgan Hamza jadidlarning «Vaqt», «Bog‘chasaroy» ga ze talari bilan ilk bor tanishadi va keyinchalik ularning doimiy o‘quvchisiga aylanadi. Bu gazetalar bilan tanishish har narsaga qiziquvchi, ta’sirchan va tinib-tinchimas yosh shoirning dunyoqarashi, hayotga munosabatini o‘zgartirib yuboradi. U mamlakatda yuz berayotgan voqealarni, хalqning nochor ahvolini, millatning notavonligini jo‘shqin yosh millatparvar nigohi bilan tahlil qila boshlaydi. Turkistonning asorat ostidaligi, хalq orasidagi jaholat, iqtisodning tanaz zuldaligi, millat uchun kuyinadigan kishilarning ozligi uni qayg‘uga soladi, bezovta qiladi. Ana shu millat qayg‘usi, kelajak uchun bezovtalik Hamzani umrining oхirigacha tark etmadi.

MUNDARIJA.
Badiiy so‘z qudrati.
KO‘ZIM QAROG‘IDASAN, VATAN!.
HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY.
Dardiga darmon istamas.
Adаbiyоt – tаrbiyа vоsitаsi.
SАIDА ZUNNUNОVА.
She’rlar.
SHUHRAT.
Mardlik afsonasi.
Ballada.
RASUL HAMZATOV.
She’rlar.
O‘YLARIMNING CHEKSIZ OSMONI.
АSQАD MUХTОR.
She’rlar.
She’r vаznlari.
MIRMUHSIN.
Me’mor.
Roman va uning turlari.
O‘LMAS UMARBEKOV.
Qiyomat qarz.
CHINGIZ AYTMATOV.
Oq kema.
Rаmziy obrаzlаr.
O‘TMISHDAN SADOLAR.
«Ravshan» dostoni.
«Ravshan» dostoni haqida.
Badiiy obraz va mubolag‘ali tasvir.
ALISHER NAVOIY.
«Sab’ai sayyor» dostoni.
Tashbih, tanosub, irsoli masal san’atlari.
JAHON OTIN UVAYSIY.
G‘azallar.
Chistonlar.
Chiston haqida.
Qofi ya va radif.
ZAVQIY.
She’rlar.
Hajvi ahli rasta.
MAXTUMQULI.
She’rlar.
YANGI DAVR NAFASI.
ABDULLA QODIRIY.
«Mehrobdan chayon» romanidan boblar.
CHO‘LPON.
She’rlar.
Ko‘chim.
ABDULLA QAHHOR.
O‘g‘ri.
Dahshat.
MIRTEMIR.
She’rlar.
XAYRIDDIN SALOH.
She’rlar.
ERNЕST SЕTОN-TОMPSОN.
Yovvоyi yo‘rg‘а.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Adabiyot, 7 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2017 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: :: :: ::


Следующие учебники и книги:
Предыдущие статьи:


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-22 10:42:04