Учебник по литературе для 11 класса на узбекском языке.
Kitob o‘qishda asar tanlashga qiynalsangiz, albatta, kattalardan, ota-onangiz yoki ustozingizdan yordam so‘rashni unutmang. Ayni damda o‘z istak va qiziqishlaringizga mos kitob tanlash sizga ko‘proq naf keltiradi. Biror matndagi qiyin va tushunarsiz so‘zlarni to‘g‘ri anglashda sizga maxsus lug‘at kitoblari, elektron lug‘atlar, ma’lumotnoma va fan sohasiga doir qomuslar yordam beradi. Sir emaski, hozirgi davrda bunday manbalarni topish imkoniyatlari kun sayin ortib bormoqda.
Kitobxonlik madaniyatining yuksalishida o‘z ustida ishlashning, mustaqil va ijodiy faoliyatning ahamiyati beqiyos. Shuningdek, ulug‘ ajdodlarning hayoti va ijodidan saboq olish, ular yozib qoldirgan hayotiy hikmatlardan bahramand bo‘lish ham lozim.
GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI.
Burungi zamonda Yovmit degan el, Taka turkman degan yurt, Mari degan yana bir qo‘rg‘on bor edi. Yovmit yurtining Odilxon degan podshosi bor edi. Odilxon podshoning ikki o‘g‘li bo‘lib, kattasining oti Urayxon, kichkinasining oti Ahmadbek edi. Bibi Oysha degan bir qizi ham bor edi. Mari yurtining Qovishtixon degan xoni bor edi. Qovishtixonning To‘liboy sinchi2 degan bir o‘g‘li bor edi. Ko‘p esli, aqlli, tamizli, farosatli odam edi. Mari ning begi Qovishtixon Yovmit elining xoni Odilxon podshoning bozorchi savdogarlarini yo‘lda talab oldi. Shunda molini oldirgan odamlar «dod!» deb Odilxon podshoga arzga keldi. Odilxon podsho buni eshitib, achchig‘i kelib, birdan sarboz askar chiqarib, to‘p-to‘pxonasi bilan Mari yurtini tep-tekis qilib yubordi.
Qo vishtixon bekni to‘pga solib otib yubordi. Haligi bozorchi savdogarlarning mollarini olib berdi. Qovishtixonning yetti yoshli o‘g‘li – To‘liboy sinchini bandi qilib olib keldi. Lekin otasining qilgan ishidan buni gunohsiz bilib, o‘z oldiga xizmatkor qildi. To‘liboy sinchi xizmat qilib yuraverdi. O‘n to‘rt yashar bo‘ldi. O‘n to‘rtga kirguncha o‘qib, xat-savodi chiqdi. Lekin o‘zi ajab bir odobli, chiroyli, yaxshi yigit bo‘ldi. Otlarning yaxshi-yomonini biladigan sinchi bo‘ldi. «Bul otingiz yaxshi, bul otingiz yomon», – deb podshoning tablada turgan otlarini saralab, ajratib beradigan bo‘ldi. Bir kunlari To‘liboy sinchining xizmati yoqqanligidan: «Bu ham o‘zimning suyagim-da», – deb Odilxon podsho Bibi Oysha qizi ni unga nikohlab berdi. Bibi Oyshaning bo‘yida bo‘lib, oy-kuni to‘lib o‘g‘il tug‘di, otini Ravshanbek qo‘ydi.
MUNDARIJA.
KIRISH.
XALQ О G‘ZАКI IJODI.
Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi.
«Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostoni haqida.
QADIMGI TURKIY ADABIYOT.
Mahmud koshg‘ariy.
Devonu lug‘ot at-turk.
«Devonu lug‘ot at-turk» asari haqida.
Alp Er To‘nga marsiyasi.
«Alp Er To‘nga marsiyasi» haqida.
Marsiya haqida tushuncha.
Qadimgi maqollar.
Qadimgi maqollar haqida.
yusuf Xos Hojib.
Qutadg‘u bilig.
«Qutadg‘u bilig» dostoni haqida.
O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI.
Nosiruddin Rabg‘uziy.
Qisasi Rabg‘uziy.
«Qisasi Rabg‘uziy» asari haqida.
«Kun hamalga kirdi.».
Rabg‘uziy she’rlari haqida.
Alisher Navoiy.
«Makorim ul-axloq»dan parchalar.
Saddi Iskandariy.
«Saddi Iskandariy» hikmatlari.
«Saddi Iskandariy» dostoni haqida.
zahiriddin Muhammad Bobur.
«Xazon yaprog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ardim.».
«Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim.».
«Xating aro uzoring – sabza ichinda lola.».
Bobur lirikasi.
Masnu’ she’r.
Boborahim Mashrab.
«Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!.».
«Agar oshiqlig‘im aytsam.».
Murabba’.
«Bulbuldayinkim faryod etarman.».
Muxammas.
«Na g‘urbatlarni chektim charxi bebunyod dastingdin.».
Anbar Otin.
«Risolayi falsafayi siyohon»dan.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Adabiyot, 11 sinf, 1 qism, To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., 2018 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Теги: учебник на узбекском языке :: литература :: To‘xliyev :: Karimov :: Usmonova :: 11 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- Книга для чтения, учебник для 4 класса школ общего среднего образования с русским языком обучения, Исангулова Р.Ф., Несговорова В.М., Кожуховская В.М., 2020
- Книга для чтения в 3 классе, Кожуховская В.М., Несговорова В.М., Исангулова Р.Ф., 2016
- Adabiyot, 7 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2017
- Adabiyot, 9 sinf, 1 qism, Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2014
Предыдущие статьи:
- Adabiyot, 8 sinf, Olimov S., Ahmedov S., Qo‘chqorov R., 2019
- Adabiyot, 9 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2019
- Книга для чтения, учебник для 4 класса школ общего среднего образования с русским языком обучения, Исангулова Р.Ф., Несговорова В.М., Кожуховская В.М., 2020
- Литература, 5 класс, учебник, Сергеева Н.И., Меркин Г.С., 2020