Qodirov

Umumiy biologiya bo‘yicha masalalar to‘plami, Uslubiy qo‘llanma, Qodırov N.X., Jumaboyeva S.I., 2016

Umumiy biologiya bo‘yicha masalalar to‘plami, Uslubiy qo‘llanma, Qodırov N.X., Jumaboyeva S.I., 2016.

Учебник по биологии на узбекском языке.

  Mazkur qo‘llanma biologiya fanining ma’lum bir qismlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi, irsiy kasalliklar, odamdagi normal patologik belgilarning nasldan-naslga o‘tishi haqida birmuncha axborotlarni o‘quvchi yoshlarga taqdim etadi. Unda fanlarni to‘laqonli tushunishlari uchun genetika va DNK ga oid masala va mashqlar berilgan. Odamlardagi o‘rganilgan har bir dominant va resessiv belgilar, kasalliklarning sabablari, hujayrada kechadigan murakkab biologik jarayonlar, jumladan, oqsil biosintezi, xromosoma strukturasi va boshqa mavzularga doir ma’lumotlar ushbu qo‘llanmada aks etgan.

Umumiy biologiya bo‘yicha masalalar to‘plami, Uslubiy qo‘llanma, Qodırov N.X., Jumaboyeva S.I., 2016
Скачать и читать Umumiy biologiya bo‘yicha masalalar to‘plami, Uslubiy qo‘llanma, Qodırov N.X., Jumaboyeva S.I., 2016
 

Ona tili, 5 sinf, Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Qodirov V., 2015

Ona tili, 5 sinf, Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Qodirov V., 2015.

Учебник по родному языку для 5 класса на узбекском языке.

   Sizlar 1–4-sinflarda «Ona tili» fanining dastlabki tushunchalari haqida ma’lumotlar oldingiz.
Tovush va harf o‘rtasidagi farqlarni ajrata olish ko‘nikmasiga ega bo‘ldingiz, bo‘g‘in, so‘z, so‘z birikmasi, gap to‘g‘risidagi ilk saboqlarni tingladingiz. Lekin bilasizlarmi, o‘zbek tilidan yaxshi xabardor bo‘lish uchun bu bilimlar kifoya qilmaydi. Siz kelgusida yanada ko‘proq mehnat qilishingiz, sabot va chidam bilan ona tilining sir-asrorlarini o‘rganishingiz lozim. Sababi – ona tili barcha fanlarni bilish va o‘zlashtirishning bebaho kaliti sanaladi.
Zo‘r matematik, biolog, shifokor, muhandis, diplomat yoki boshqa kasb egalari bo‘lish uchun, birinchi galda, ona tili va adabiyotni mukammal bilish darkor. Sizlar 5-sinfda so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi, imlo qoidalari, tinish belgilarining ishlatilish o‘rinlari, leksikologiya (so‘z ilmi), lug‘atshunoslik kabi tilshunoslik bo‘limlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
Aziz bolajonlar!
Ona tilining sir-asrorlarini yaxshi bilib olish uchun bu yil ham bir g‘ayrat qilinglar! Bu yo‘lda Sizlarga muvaffaqiyat yor bo‘lsin.

Ona tili, 5 sinf, Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Qodirov V., 2015
Скачать и читать Ona tili, 5 sinf, Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Qodirov V., 2015
 

Adabiyot, 7 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2017

Adabiyot, 7 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2017.

Учебник по литературе для 7 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Ilohiy kitoblarda aytilishicha, so‘z dunyodagi barcha narsalarning asosidir. Rivoyat qiladilarki, Tangri o‘zining qudrati va jamoliga ko‘zgu bo‘ ladigan yaratiq barpo etishni istaydi-yu, kunlarning birida: «Yaral!» (arabchasi «Kun!») – degan so‘zni aytadi. Yaratgan amrining ifodasi bo‘lmish ana shu birgina so‘zning kuchi bilan o‘n sakkiz ming olam va undagi jamiki narsalar dunyoga keldi. Demak, so‘z olam va undagi narsalardan oldin paydo bo‘lgan ekan. So‘zning cheksiz qudratini shundan ham bilsa bo‘ladi. Har qanday inson hayotida juda katta ahamiyat kasb etadigan badiiy adabiyot ana shunday qudratga ega bo‘lgan so‘z bilan ish ko‘radigan san’at turidir. Shuning uchun ham badiiy adabiyot so‘z san’ati deb yuritiladi.

Adabiyot, 7 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2017
Скачать и читать Adabiyot, 7 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2017
 

Adabiyot, 9 sinf, 1 qism, Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2014

Adabiyot, 9 sinf, 1 qism, Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2014.

Учебник по литературе для 9 класса на узбекском языке.

   Badiiy adabiyot yoxud ma’lum bir asarning inson ruhiyati va tafakkuriga ta’siri sababi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Balki bu savolga badiiy asarlar bilan ilmiy risolalarni solishtirib ko‘rish orqali javob izlarsiz. Ammo siz, aziz o‘quvchilar, mazkur darslikni diqqat bilan o‘qib-o‘rganib chiqsangiz, yuqoridagi savolga so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy, mutafakkir shoir Zahiriddin Muhammad Bobur yoki o‘zbek romanchiligiga asos solgan Abdulla Qodiriy, otashnafas shoir Cho‘lpon va boshqa ijodkorlar asarlaridan to‘liq javob topasiz.

Adabiyot, 9 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2014
Скачать и читать Adabiyot, 9 sinf, 1 qism, Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2014
 

Adabiyot, 9 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2019

Adabiyot, 9 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2019.

Учебник по литературе для 9 класса на узбекском языке.
 
   Badiiy adabiyot yoxud ma’lum bir asarning inson ruhiyati va tafakkuriga ta’siri sababi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Balki bu savolga badiiy asarlar bilan ilmiy risolalarni so lishtirib ko‘rish orqali javob izlarsiz. Ammo, Siz, aziz o‘quvchilar, mazkur darslikni diqqat bilan o‘qib-o‘rganib chiqsangiz, yuqoridagi savolga hadis ilmi ning ustozi Imom al-Buxoriy, so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy, mutafakkir shoir va adiblar Xoja, Ogahiy, Furqat va boshqa ijodkorlar asarlaridan to‘liq javob topasiz.

Adabiyot, 9 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2019
Скачать и читать Adabiyot, 9 sinf, Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J., 2019
 

Ona tili, 8 sinf, Qodirov M., 2019

Ona tili, 8 sinf, Qodirov M., 2019.

Учебник по родному языку для 8 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Til – fikrni bayon etish va o‘zgalar fikrini tushunishning eng asosiy vositasi. U o‘z vazifasini og‘zaki va yozma shaklda bajaradi. Til ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: adabiy nutq va sheva nutqi. Faqat adabiy nutq yozma shaklga ega. Shevaning belgilab qo‘yilgan qonuniy me’yorlari yo‘q.

Ona tili, 8 sinf, Qodirov M., 2019
Скачать и читать Ona tili, 8 sinf, Qodirov M., 2019