Учебник по родному языку для 5 класса на узбекском языке.
Sizlar 1–4-sinflarda «Ona tili» fanining dastlabki tushunchalari haqida ma’lumotlar oldingiz.
Tovush va harf o‘rtasidagi farqlarni ajrata olish ko‘nikmasiga ega bo‘ldingiz, bo‘g‘in, so‘z, so‘z birikmasi, gap to‘g‘risidagi ilk saboqlarni tingladingiz. Lekin bilasizlarmi, o‘zbek tilidan yaxshi xabardor bo‘lish uchun bu bilimlar kifoya qilmaydi. Siz kelgusida yanada ko‘proq mehnat qilishingiz, sabot va chidam bilan ona tilining sir-asrorlarini o‘rganishingiz lozim. Sababi – ona tili barcha fanlarni bilish va o‘zlashtirishning bebaho kaliti sanaladi.
Zo‘r matematik, biolog, shifokor, muhandis, diplomat yoki boshqa kasb egalari bo‘lish uchun, birinchi galda, ona tili va adabiyotni mukammal bilish darkor. Sizlar 5-sinfda so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi, imlo qoidalari, tinish belgilarining ishlatilish o‘rinlari, leksikologiya (so‘z ilmi), lug‘atshunoslik kabi tilshunoslik bo‘limlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
Aziz bolajonlar!
Ona tilining sir-asrorlarini yaxshi bilib olish uchun bu yil ham bir g‘ayrat qilinglar! Bu yo‘lda Sizlarga muvaffaqiyat yor bo‘lsin.
O‘ZBEK TILI – DAVLAT TILI.
Har bir millat o‘z hayoti davomida aloqa-aralashuv quroli sifatida, asosan, bitta tildan foydalanadi. Farzandni tarbiyalab voyaga yetkazishda onaning o‘rni beqiyos bo‘lgani, bola ilk tovushlarni, so‘zlarni onasidan eshitgani bois bu tilga ona tili deyiladi.
Ota-bobolarimiz asrlar davomida ona tilimizni asrab-avaylab kelganlar. Mustaqillik tufayli bu ish yanada jadallashdi. Milliy qadriyatlarimizni, tariximizni o‘rganish uchun keng yo‘l ochildi.
MUNDARIJA.
Kirish.
Sintaksis va punktuatsiya.
Morfologiya.
Fonetika. Grafika.
Leksikologiya.
O‘quv yili oxirida takrorlash.
Testlardan namunalar.
Asosiy atamalar lug‘ati.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Ona tili, 5 sinf, Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Qodirov V., 2015 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Теги: учебник на узбекском языке :: родной язык :: Mahmudov :: Nurmonov :: Sobirov :: Qodirov :: 5 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- Ona tili, 4 sinf, Ikromova R., 2017
- O‘qish kitobi, 4 sinf, Boymurodova G., Sattorova X., Muslimova Sh., Karimova F., 2017
- Ona tili, 3 sinf, Fuzailov S., Xudoyberganova M., Yo‘ldosheva Sh., 2016
- O‘qish kitobi, 3 sinf, Umarova M., Hamroqulova X., Tojiboyeva R., 2016
Предыдущие статьи:
- Odobnoma, 2 sinf, Hasanboyeva O., Inoyatova M., Ne’matova A., 2018
- Quvnoq Alifbo, Topishmoqlar, Jo rayev N.
- Ona tili, 7 sinf, Mahmudov N., 2017
- Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinf, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018