Ona tili, 7 sinf, Mahmudov N., 2017

Ona tili, 7 sinf, Mahmudov N., 2017.

Учебник по родному языку для 7 класса на узбекском языке.

  Donishmandlar: «Til – dilning kaliti», – deb bejiz aytmaganlar. Hayotda har bir insonning qalbiga yo‘l topish vositasi til ekanini Siz ham yaxshi bilasiz, albatta. Modomiki, shunday ekan, ona tilini mukammal o‘rganmoqning foydasi nechog‘lik katta ekani ayondir. Siz 7-sinfda 6-sinf «Ona tili» darsligidan olgan bilimlaringizni boyitasiz, yana yangi-yangi ma’lumotlar olasiz, o‘rgangan nazariy bilimlaringizni bir-biridan qiziq mashqlarga tatbiq etib, amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanasiz.
7-sinf «Ona tili» darsligi mustaqil fikrlashingiz, to‘g‘ri xulosalar chiqara olishingiz, so‘z boyligingizning oshishi, to‘g‘ri talaffuz va puxta imlo sohibi bo‘lishingiz yo‘lida Sizga hamroh va yordamchi bo‘la oladi.
Aziz o‘quvchilar!
Ona tilingizning sir-asrorlarini chuqur o‘rganish boshqa fanlar eshigini oson va dadil ochishingizda muhim omil bo‘lishini his qilgan holda uni mehr bilan o‘rganing.
Bu yo‘lda Sizlarga sabot va g‘ayrat tilaymiz.

Ona tili, 7 sinf, Mahmudov N., 2017


TIL VA NUTQ.
Matnni o‘qing. Dunyodagi tillar va ular orasida o‘zbek tilining tutgan o‘rni haqida bahslashing.
Alisherning qalbiga kirmoqchiday, tikilib qarardi tog‘asi. Fors shoirlari yuksak tuyg‘ular, teran fikrlar ila to‘la ajib she’rlar yaratmishlar. Bizning turkigo‘y shoirlar ham ularga ergashib, forsiy she’rlar ijod qilishni odat qilib olmishlar. Turkiston o‘lkamiz vodiylari, sahrolari keng, tog‘lari buyuk, aholisi turk – o‘zbekdur. O‘zimizga xos odatlarimiz, an’analarimiz, qo‘shiqlarimiz, kuylarimiz, dostonlarimiz, ertaklarimiz bor. Bular – cheksiz boyligimiz. Ayniqsa, tilimiz go‘zal, shirin va rangli. Jiyan, o‘z yo‘lingni topsang bas! (Oybek).

Gaplarni ko‘chiring. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning ahamiyati haqida bahs uyushtiring.
Tilimiz boy. Har qanday ma’no ifodasiga bir necha so‘z topiladi. Faqat bu so‘zlarni topish va dadil devon tiliga kiritish kerak...
Til haqidagi qonun bizga nima uchun kerak? G‘ururimizni namoyish qilish uchunmi? Izzat-nafsimizni qondirishimiz uchunmi?
Yo‘q! Bizga til haqidagi qonun o‘zligimizni saqlab qolish uchun, tilimizni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun, o‘zbek degan xalqning yo‘q bo‘lib ketmasligi uchun kerak. (E. Vohidov).

MUNDARIJA.
Kirish
Til va nutq.
Takrorlash.
Fonetika bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash.
Imlo bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash.
Qo‘shimchalar va ularning imlosi bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash.
Leksikologiya bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash.
Fe’l so‘z turkumi bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash.
Ot, sifat so‘z turkumlari bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash.
Son va ravish so‘z turkumlari bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash.
Matn.
Matnda ko‘p ma’noli, ma’nodosh so‘zlardan foydalanish.
Shakldosh, qarama-qarshi ma’noli so‘zlardan foydalanish.
Mustaqil so‘z turkumlari haqida ma’lumot.
Olmosh so‘z turkumi va uning tasnifi.
Ko‘rsatish olmoshlari.
Ko‘rsatish olmoshlarining talaffuzi va imlosi.
Kishilik olmoshlari.
O‘zlik olmoshi.
So‘roq olmoshlari.
Belgilash olmoshlari.
Gumon olmoshlari.
Bo‘lishsizlik olmoshlari.
Olmoshlarning tuzilishiga ko‘ra turlari.
Sodda va qo‘shma olmoshlar. Ularning imlosi.
Juft va takroriy olmoshlar. Ularning imlosi.
Mustahkamlash.
So‘zlarning munosabat shakllari.
Ismlarning munosabat shakllari.
Ismlarning lug‘aviy va munosabat shakllari.
Egalik shakllari va ularning imlosi.
Sifatdosh va harakat nomlaridagi egalik qo‘shimchalari.
Egalik qo‘shimchali so‘zlarning imlosi.
Mustahkamlash.
Kelishik shakllari.
Bosh kelishik shakli.
Qaratqich kelishigi shakli.
Tushum kelishigi shakli.
Jo‘nalish kelishigi shakli.
O‘rin-payt kelishigi shakli.
Chiqish kelishigi shakli.
Ismlarni kesimga xoslovchi shakllar.
Mustahkamlash.
Yordamchi so‘z turkumlari.
Yordamchi so‘zlar.
Ko‘makchilar.
Sof ko‘makchilar.
Vazifadosh ko‘makchilar.
Ko‘makchilarning ma’no turlari.
Ko‘makchilar va qo‘shimchalar ma’nodoshligi.
Ko‘makchilar bilan birga kelgan so‘zlarning shakllari.
Mustahkamlash.
Bog‘lovchilar.
Bog‘lovchilarning vazifasiga ko‘ra turlari.
Teng bog‘lovchilar.
Sof va vazifadosh bog‘lovchilar.
Biriktiruv bog‘lovchilar.
Ayiruv bog‘lovchilari.
Zidlov bog‘lovchilari.
Inkor bog‘lovchisi.
Yakka va takror bog‘lovchilar.
Ergashtiruvchi bog‘lovchilar.
Sabab bog‘lovchilari.
Aniqlov bog‘lovchisi.
Shart bog‘lovchilari.
Mustahkamlash.
Yuklama haqida ma’lumot.
Sof va vazifadosh yuklamalar.
So‘roq va taajjub yuklamalari.
Ayiruv-chegaralov yuklamalari.
Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari.
O‘xshatish-qiyoslash yuklamalari.
Gumon va inkor yuklamalari.
Undov so‘zlar.
His-hayajon undovlari.
Buyruq-xitob undovlari.
Taqlid so‘zlar.
Taqlid so‘zlarning tuzilishi va imlosi.
Modal so‘zlar.
Modal so‘zlarning ma’no turlari.
Sof va vazifadosh modal so‘zlar.
Tasdiq va inkor so‘zlar.
Mustahkamlash.
Olmosh, egalik va kelishik shakllari yuzasidan o‘tilganlarni takrorlash.
Yordamchi so‘zlar, undov, taqlid va modal so‘zlar yuzasidan o‘tilganlarni takrorlash.
Matndagi asosiy fikrni aniqlash. Matnni o‘qish va qayta hikoya qilish.
Tasviriy matnni qayta hikoya qilish.
Takrorlash.
Ish qog‘ozlari ustida ishlash.
Asosiy atamalar ustida ishlash.
Testlardan namunalar.
Foydalanilgan adabiyotlar.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Ona tili, 7 sinf, Mahmudov N., 2017 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-03-28 19:01:48