Fizika, Elektr, 8 sinf, Habibullayev P.Q., 2014

Fizika, Elektr, 8 sinf, Habibullayev P.Q., 2014.

Учебник по физике для 8 класса на узбекском языке.

  Kundalik turmushimizda elektr energiyadan muntazam foydalanamiz. Jumladan, uyimizdagi lampochka, televizor, radio, dazmol, elektr choynak, kompyuter kabilar elektr energiya bilan ishlaydi (1-rasm). Ko‘chadagi tramvay-trolleybuslar, yer ostidagi metro poyezdlari ham elektr energiya hisobiga yuradi. Turli korxona, muassasa kabi barcha joylarda ham muntazam elektr energiyadan foydalaniladi.
8-sinfda Siz elektr hodisalari, elektr va magnit maydon, elektr toki, elektromagnit hodisalarni o‘rganasiz, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish, oddiy elektr asbob va qurilmalarning ishlash prinsipi bilan tanishasiz.

Fizika, Elektr, 8 sinf, Habibullayev P.Q., 2014


Elektr hodisasi haqida dastlabki ma’lumotlar.
Plastmassadan yasalgan taroq yoki ruchkani sochingizga ishqalab, maydalangan qog‘ozga yaqinlashtiring. Ular qog‘oz qiyqimlarini o‘ziga tortganini ko‘rasiz (2-rasm). Shisha tayoqchani qog‘oz varag‘iga ishqalab qo‘limizga yaqinlashtirsak, chirsillagan tovush eshitiladi, qorong‘ida esa mayda uchqunlar ko‘rinadi. Bunday hodisalar qadim zamonlardayoq payqalgan edi. Qadimgi grek olimi Fales Miletskiy (mil. av. 625–547) junga ishqalangan elektron smolasi ba’zi yengil narsalarni o‘ziga tortishini yozib qoldirgan.

Buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy (973–1048) ham elektr hodisalari haqida yozib qoldirgan. Jumladan: “Mushukni qo‘l bilan silaganda tushgan yung qaytadan mushuk ustiga qo‘yilsa, u tik turgan holda qo‘yuvchining kafti tomonga ko‘tariladi”, deb yozgan. Beruniy “elektr”ni kahrabo deb atagan. Kahrabo so‘zi forschadan somon tortuvchi ma’nosini anglatadi. Haqiqatan ham, junga ishqalangan kahrabo somon bo‘laklarini o‘ziga tortadi.

MUNDARIJA.
Kirish.
I bob. Elektr zaryadi. Elektr maydon.
1-§. Jismlarning elektrlanishi.
2-§. Elektroskop va elektrometr. O‘tkazgichlar va izolyatorlar.
3-§. Elektr zaryadi.
4-§. Zaryadlangan jismlarning o‘zaro ta’siri. Kulon qonuni.
5-§. Elektr maydon.
6-§. Kondensatorlar.
7-§. O‘tkazgichlarda zaryadlarning taqsimlanishi.
8-§. Tabiatdagi elektr hodisalari.
I bob yuzasidan muhim xulosalar.
I bob bo‘yicha qo‘shimcha savol va masalalar.
II bob. Elektr toki.
9-§. Elektr toki haqida tushuncha.
10-§. Tok manbalari.
11-§. Metallarda elektr toki.
12-§. Elektr kuchlanish va uni o‘lchash.
13-§. Tok kuchi va uni o‘lchash.
14-§. Elektr zanjirni yig‘ish, uning turli qismlaridagi tok kuchi va kuchlanishni o‘lchash (laboratoriya ishi).
15-§. Elektr qarshilik.
16-§. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni.
17-§. Ampermetr va voltmetr yordamida o‘tkazgich qarshiligini aniqlash (laboratoriya ishi).
18-§. Rezistorlar. Reostatlar. Potensiometrlar.
19-§. Reostat yordamida tok kuchini rostlash (laboratoriya ishi).
20-§. Iste’molchilarni ketma-ket ulash.
21-§. Iste’molchilarni parallel ulash.
22-§. Iste’molchilarning ketma-ket va parallel ulanishini o‘rganish (laboratoriya ishi).
II bob yuzasidan muhim xulosalar.
II bob bo‘yicha qo‘shimcha savol va masalalar.
III bob. Elektr tokining ishi va quvvati.
23-§. Elektr tokining ishi.
24-§. Elektr tokining quvvati.
25-§. Lampochkadagi tokning quvvati va sarflangan energiyani aniqlash (qo‘shimcha shug‘ullanish uchun laboratoriya ishi).
26-§. Elektr toki ta’sirida o‘tkazgichlarning qizishi.
27-§. Elektr isitish asboblari.
28-§. Xonadonning elektr zanjiri. Qisqa tutashuv.
29-§. Xonadon elektr zanjiridagi ulashlar.
30-§. Elektr xavfsizlik choralari.
III bob yuzasidan muhim xulosalar.
III bob bo‘yicha qo‘shimcha savol va masalalar.
IV bob. Turli muhitlarda elektr toki.
31-§. Suyuqliklarda elektr toki.
32-§. Elektroliz. Faradeyning birinchi qonuni.
33-§. Faradeyning ikkinchi qonuni.
34-§. Elektrolizning qo‘llanilishi.
35-§. Gazlarda elektr toki.
36-§. Nomustaqil va mustaqil razryadlar.
37-§. Elektr razryadning turlari va ulardan foydalanish.
IV bob yuzasidan muhim xulosalar.
IV bob bo‘yicha qo‘shimcha savol va masalalar.
V bob. Magnit maydon.
38-§. Magnetizm haqida dastlabki ma’lumotlar.
39-§. Tokning magnit maydoni.
40-§. Elektromagnitlar.
41-§. Elektromagnitni yig‘ish va ishlashini sinash (laboratoriya ishi).
42-§. Elektromagnit rele.
43-§. Elektromagnit relening ishlashini o‘rganish (laboratoriya ishi).
44-§. Magnit maydonning tokli o‘tkazgichga ta’siri.
45-§. O‘zgarmas tok elektr dvigateli.
46-§. O‘zgarmas tok elektr dvigatelini o‘rganish (modelda) (laboratoriya ishi).
V bob yuzasidan muhim xulosalar.
V bob bo‘yicha qo‘shimcha savol va masalalar.
VI bob. Elektromagnit induksiya.
47-§. Induksion tokni hosil qilish.
48-§. O‘zgaruchan induksion tok.
49-§. Induksion tok generatori.
50-§. Elektrostansiyalar.
51-§. Transformatorlar.
52-§. Transformatorning tuzilishi va ishlashini o‘rganish (laboratoriya ishi).
53-§. Elektr energiyani uzatish.
VI bob yuzasidan muhim xulosalar.
VI bob bo‘yicha qo‘shimcha savol va masalalar.
54-§. Hozirgi zamon aloqa vositalari (qo‘shimcha o‘qish uchun).
Mashqlarning javoblari.
Boblar bo‘yicha qo‘shimcha masalalarning javoblari.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Fizika, Elektr, 8 sinf, Habibullayev P.Q., 2014 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-11-21 18:54:18