Geografiya, Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi, 9 sinf, Qayumov A., Safarov I., Tillaboyeva M., Fedorko V., 2019

Geografiya, Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi, 9 sinf, Qayumov A., Safarov I., Tillaboyeva M., Fedorko V., 2019.

Учебник по географии для 9 класса на узбекском языке.

  Siz quyi sinflarda «Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi», «Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi», «O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi» hamda «O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi» kurslarida geografiya faniga oid turli ma’lumotlar bilan tanishib chiqdingiz. 9-sinfda o‘qitiladigan «Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi» kursi jahon iqtisodiyoti, siyosati, ekologiyasi, madaniyatiga, xullas, hayotning deyarli barcha jabhalariga ma’lum darajada aloqadordir. Mazkur fan o‘quvchilarga jahon va uning ayrim qismlariga xos betakror geografik xususiyatlarni ko‘rsatib berishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayoni va qonuniyatlari haqida batafsil ma’lumot berishi bilan ahamiyatlidir.

Geografiya, Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi, 9 sinf, Qayumov A., Safarov I., Tillaboyeva M., Fedorko V., 2019


Jahonning siyosiy xaritasi.
Jahonning siyosiy xaritasida, 2018-yil holatiga ko‘ra, 240 dan ortiq mamlakat bo‘lib, jumladan jahon hamjamiyati tomonidan mustaqilligi rasman tan olingan 194 ta suveren davlat mavjud. Bulardan 193 tasi BMTning faoliyatida a’zo davlatlar sifatida, 1 tasi (Vatikan) esa kuzatuvchi-davlat bo‘lib ishtirok etmoqda.

Davlatlar bir-biridan turli xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bunday muhim jihatlaridan biri hududning kattaligi hisoblanadi. Jahondagi 29 ta mustaqil davlatning maydoni 1 mln km2 dan katta bo‘lib, jumladan 12 tasining hududi 2 mln km2dan, 6 tasining maydoni 5 mln km2dan kattadir. Shu bilan birga dunyodagi davlatlar orasida bir guruh hududiy jihatidan mayda, yoki «mitti» davlatlar ham o‘ziga e’tibor tortadi (1-jadvalga qarang). Jahonning siyosiy xaritasida maydoni 1 ming km2 ga yetmaydigan 24 ta mustaqil davlat bor. Bunday davlatlar turli qifalarda, xususan Yevropada (Vatikan, Monako, San-Marino, Lixtenshteyn va boshqalar), Osiyoda (Maldiv Respublikasi, Singapur, Bahrayn), Amerikada (Sent-Kits va Nevis, Grenada, Barbados va boshqalar), Okeaniyada (Nauru, Tuvalu, Marshall orollari va boshqalar) joylashgan.

MUNDARIJA.
KIRISH.
I BO‘LIM. JAHONNING UMUMIY TAVSIFI.
1-BOB. JAHONNING SIYOSIY XARITASI.
1-§. Jahonning siyosiy xaritasi.
2-§. Jahon mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi bo‘yicha tasnifi
3-§. Mamlakatlarning boshqaruv shakli va davlat tuzilishi.
2-BOB. JAHON TABIIY RESURSLARI.
4-§. Dunyoning tabiiy resurslari.
5-§. Mineral resurslar geografiyasi.
6-§. Tugamaydigan va tiklanadigan tabiiy resurslar geografiyasi.
7-§. Zamonaviy ekologik muammolar.
3-BOB. JAHON AHOLISI.
8-§. Jahon aholisining soni, o‘sishi va joylashuvi.
9-§. Jahon aholisining jinsiy, yosh, irqiy tarkibi.
10-§. Dunyo aholisining etnik va diniy tarkibi.
11-§. Jahon mamlakatlarining urbanizatsiyasi.
12-§. Amaliy mashg‘ulot.
4-BOB. JAHON XO‘JALIGI.
13-§. Jahon xo‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimoti.
14-§. Jahon iqtisodiyoti markazlari va xalqaro integratsiya jarayonlari.
15-§. Fan-texnika inqilobi va ishlab chiqarishning rivojlanishiga innovatsion texnologiyalarning ta’siri.
16-§. Jahon energetikasi geografiyasi.
17-§. Jahon metallurgiya va kimyo sanoati geografiyasi.
18-§. Jahon mashinasozlik va yengil sanoati geografiyasi.
19-§. Jahon dehqonchiligi geografiyasi.
20-§. Jahon chorvachiligi va baliqchiligi geografiyasi.
21-§. Jahon transporti geografiyasi.
22-§. Xalqaro iqtisodiy aloqalar geografiyasi.
II BO‘LIM. JAHONNING REGIONAL TAVSIFI.
5-BOB. YEVROPA MAMLAKATLARI.
23-§. Yevropaning geografik o‘rni, chegaralari va siyosiy xaritasi.
24-§. Yevropaning tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi.
25-§. Yevropa mamlakatlarining iqtisodiyoti.
26-§. Germaniya Federativ Respublikasi.
27-§. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi.
28-§. Fransiya Respublikasi.
29-§. Italiya Respublikasi.
30-§. Rossiya Federatsiyasi.
31-§. Rossiya Federatsiyasi xo‘jaligi.
6-BOB. OSIYO MAMLAKATLARI.
32-§. Osiyo qit’asining geografik o‘rni, chegaralari va siyosiy xaritasi.
33-§. Osiyo mamlakatlari tabiiy resurslari va aholisi.
34-§. Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanganligi.
35-§. Qozog‘iston Respublikasi.
36-§. Qirg‘iziston Respublikasi.
37-§. Turkmaniston Respublikasi.
38-§. Tojikiston Respublikasi.
39-§. Amaliy mashg‘ulot (Markaziy Osiyo davlatlariga qiyosiy geografik tavsif).
40-§. Turkiya Respublikasi.
41-§. Eron, Afg‘oniston, Pokiston Islom Respublikalari.
42-§. Xitoy Xalq Respublikasi.
43-§. Xitoy iqtisodiyoti va iqtisodiy rayonlari.
44-§. Koreya Respublikasi.
45-§. Yaponiya.
46-§. Hindiston Respublikasi.
47-§. Fors qo‘ltig‘i arab davlatlari.
48-§. Indoneziya, Malayziya, Singapur davlatlari.
7-BOB. AFRIKA, AVSTRALIYA VA OKEANIYA, AMERIKA MAMLAKATLARI.
49-§. Afrikaning geografik o‘rni va siyosiy xaritasi.
50-§. Afrika mamlakatlarining aholisi va xo‘jaligi.
51-§. Janubiy Afrika Respublikasi.
52-§. Nigeriya Federativ Respublikasi.
53-§. Misr Arab Respublikasi.
54-§. Avstraliya Ittifoqi.
55-§. Amerikaning siyosiy xaritasi.
56-§. Amerika Qo‘shma Shtatlari.
57-§. Amerika Qo‘shma Shtatlari xo‘jaligi va iqtisodiy rayonlari.
58-§. Kanada.
59-§. Braziliya.
60-§. Umumlashtiruvchi takrorlash.
ILOVA.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Geografiya, Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi, 9 sinf, Qayumov A., Safarov I., Tillaboyeva M., Fedorko V., 2019 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: :: :: ::


Следующие учебники и книги:
Предыдущие статьи:


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-22 11:39:40