Geografiya, 10 sinf, Sharipov Sh.M., Fedorko V.N., Safarova N.I., Rafiqov V.A., 2017

Geografiya, 10 sinf, Sharipov Sh.M., Fedorko V.N., Safarova N.I., Rafiqov V.A., 2017.

Учебник по географии для 10 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Ma’lumki, geografi ya eng qadimgi fanlardan biri bo‘lib, o‘rganadigan hodisalarining doirasi juda keng. Dastlab, 5-sinfda Siz geografi yaga “Yer yuzi tabiati, aholisi va inson xo‘jalik faoliyatini o‘rganuvchi fan” deb berilgan ta’rif bilan tanishgansiz. Keyinchalik geografi ya fanining o‘rganish obyekti geografi k qobiq ekanligini ham bilib oldingiz.
Geografi k qobiq sayyoramizdagi eng yirik geotizim, ya’ni Yerning qattiq (litosfera), suv (gidrosfera), havo (atmosfera) hamda hayot (biosfera) qobiqlarining o‘zaro tutashuvi va ta’siri doirasida vujudga kelgan va rivojlanayotgan juda murakkab yaxlit tabiiy tizimdir. Aynan geografik qobiq insoniyatning yashash va ishlab chiqarish faoliyati muhiti, tabiiy resurslarning asosiy manbayi hisoblanadi.

Geografiya, 10 sinf, Sharipov Sh.M., Fedorko V.N., Safarova N.I., Rafiqov V.A., 2017


YERNING ICHKI TUZILISHI VA TEKTONIK JARAYONLAR.
Yerning ichki qismi qobiqlardan tuzilganligini quyi sinflardan bilasiz. Endi ana shu qobiqlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishsiz.

Yer po‘sti – Yerning eng yuzada joylashgan qattiq qobig‘i. Qalinligi o‘rtacha 35–40 km. Moddalarning o‘rtacha zichligi 2,7 g/sm3, Yer hajmining 1 % ini, massasining 0,4 % ini tashkil etadi. Mantiyadan Moxo chegarasi orqali ajralib turadi. Yer po‘sti kimyoviy elementlar, minerallar, tog‘ jinslaridan iborat. Eng ko‘p tarqalgan kimyoviy elementlar kislorod, kremniy, aluminiydir.

Siz 6-sinf darsligida yer po‘sti materik va okean yer po‘stiga bo‘linadi, deb o‘qigansiz. Endi esa, ularga qo‘shimcha holda oraliq va riftogen yer po‘stlari ham ajratilishini bilib olasiz. Sizga ma’lumki, materik yer po‘sti 3 ta, ya’ni cho‘kindi, granit va bazalt qatlamlaridan tuzilgan. Bunday qatlamlarni ajratish shartlidir. Cho‘kindi qatlam eng yuzada joylashgan bo‘lib, qalinligi 15–20 km gacha, ohaktosh, qum, gil va boshqalardan iborat. Granit va bazalt qatlamlar har birining qalinligi 10–15 kmni tashkil etadi.

MUNDARIJA.
I BOB. GEOGRAFIYA FANI VA UNING TARIXI.
1-§. Geografi ya fanlari tizimi haqida tushuncha.
2-§. Geografi ya fanining tarixi va hozirgi davrdagi rivojlanishi.
II BOB. YER TABIATI.
3-§. Yer yuzi tabiati rivojlanishining fazoviy omillari.
4-§. Yerning ichki tuzilishi va tektonik jarayonlar.
5-§. Yer yuzi tabiatining rivojlanish tarixi.
6-§. Geografi k qobiq va uning umumiy qonuniyatlari.
7-§. Geografi k qobiqning kenglik zonalligi va sektorligi.
8-§. Balandlik mintaqalanishi qonuniyati.
9-§. Geotizimlar va ularning pog‘onasimonligi.
III BOB. JAMIYAT VA TABIAT.
10-§. Jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar.
11-§. Antropogen landshaftlar.
12-§. Tabiatni muhofaza qilishning geografi k asoslari.
IV BOB. AMALIY GEOGRAFIK TADQIQOTLAR.
13-§. Tabiiy geografi k jarayonlar.
14-§. Geografi k baholash.
15-§. Geografi k prognoz.
16-§. Atrof–muhit monitoringi va geografi k-ekologik ekspertiza asoslari.
V BOB. DUNYO AHOLISI.
17-§. Dunyo aholisi va zamonaviy demografi k vaziyat.
18-§. Urbanizatsiya jarayonining global va regional jihatlari.
19-§. Xalqaro migratsiya jarayonlari va muammolari.
VI BOB. DUNYONING GEOSIYOSIY MANZARASI VA GLOBAL MUAMMOLAR.
20-§. Dunyoning geosiyosiy tizimi va uning shakllanishi.
21-§. Jahondagi zamonaviy geosiyosiy vaziyat. Davlatlarning integratsion uyushmalari.
22-§. Insoniyatning global muammolari.
VII BOB. YEVROPA VA AMERIKA SUBREGIONLARI.
23-§. Yevropa subregionlari.
24-§. Lotin Amerikasi.
25-§. Karib havzasi orol mamlakatlari.
VIII BOB. AFRIKA SUBREGIONLARI. OKEANIYA DAVLATLARI.
26-§. Afrika subregionlari.
27-§. Okeaniya davlatlari.
IX BOB. OSIYO SUBREGIONLARI.
28-§. Janubi-g‘arbiy va Janubiy Osiyo davlatlari.
29-§. Sharqiy va Janubi – sharqiy Osiyo davlatlari.
30-§. Markaziy Osiyo mamlakatlari.
X BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI.
31-§. O‘zbekistonning geosiyosiy o‘rni va munosabatlari.
32-§. O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi.
33-§. O‘zbekistonning geoekologik muammolari.
34-§. Takrorlash darsi.
Tushuncha va atamalar izohli lug‘ati.
Qo‘shimcha ma’lumotlar.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Geografiya, 10 sinf, Sharipov Sh.M., Fedorko V.N., Safarova N.I., Rafiqov V.A., 2017 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-22 07:15:38