Kimyo, 9 sinf, Asqarov I.R., To‘xtaboyev N.X., G‘opirov K.G., 2014.
Учебник по химии для 9 класса на узбекском языке.
Bu o‘quv yilida sen umumiy o‘rta maktabni tamomlaysan. Oldinda seni akademik litsey va kasbhunar kollejlari kutmoqda. Qiziqishingni hisobga olgin-da, dadil olg‘a qadam bos. Unutma, sen Ar-Roziy, Al-Farg‘oniy, At-Termiziy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Amir Òemur, Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk allomalar avlodisan. Ota-onang, ustozlaring, Vataning – O‘zbekiston seni haqiqiy inson, yetuk mutaxassis, ijodkor, olim bo‘lib yetishishingni, el-yurt oldida obro‘-e’tibor topishingni xohlaydi. Yodingda tut! Fan olamining hali ochilmagan qirralari ko‘p, ularni zabt etmoq sening zimmangda.
Senga oq yo‘l tilaymiz!
