Учебник по истории для 9 класса на узбекском языке.
Siz mustaqil O‘zbekistonning farzandlarisiz. Jahon tarixini o‘rganishda davlatimiz rahbari Islom Karimovning o‘z tarixini bilish jahon tarixi, umumbashariy taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganishning asosi ekanligi haqidagi fikrini yodda tutishingiz zarur. Siz o‘rta umumta’lim maktabining oxirgi, 9-sinfiga qadam qo‘ydingiz. Maktabni bitirgach, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga kirib o‘qiysiz. Siz 8-sinfda „Jahon tarixi“ bo‘yicha XVI asr boshlaridan XIX asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrni o‘rgandingiz. Endi jahon tarixining eng qiziqarli, shu bilan birga, murakkab davrini o‘rganasiz. Chunki bu davrda dunyoda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrning asosiy belgisi — ishlab chiqarishda monopolistik kapitalizm qaror topdi. Turli xil sindikatlar, kartellar, konsernlar yuzaga keldi. Ishlab chiqarish markazlashdi, xorijga kapital chiqarish boshlandi. Bir qator davlatlar oldingi 100 yillarda erisha olmagan taraqqiyotga erishdilar.








