Учебник по музыке для 7 класса на узбекском языке.
Aziz o‘quvchilar, istiqlol sharofati ila ko‘p asrlik musiqiy merosimizga milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz qatorida alohida e’tibor berila boshlandi. Endilikda Siz ham xalqimizning ajoyib, xilma-xil va bir-biridan go‘zal mahalliy musiqiy an’analaridan, mumtoz musiqaning yuksak durdonalari bodmish maqom namunalaridan ma’naviy zavq olish, ruhiy bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘ldingiz.
Buning uchun Siz o‘zingizda kuy-ohanglarning sof buloqlari bo‘lgan xalq kuy-qo‘shiqlari-yu mumtoz maqomlami qalb ila tinglash madaniyatini, ularni zarur darajada ijro eta olish malakalarini hosil etmog‘ingiz kerak. Shundagina siz iste’dodli ajdodlarimiz ijodi bois qadimdan davom etib kelayotgan boy badiiy an’analarimiz silsilasiga ma’nan bog‘lanishga erisha olasiz. Zero, milliy musiqa xalqimiz boy ma’naviyatining, barkamol ruhiyatining sadolardagi badiiy go‘zal ifodasi va ayni paytda, yangi, Buyuk Davlat bunyodkori bodmish jamiyatimizning ruh quwati va jon ozig‘idir.








