6 класс

Texnologiya, 6 sinf, Sharipov Sh.S., Qo‘ysinov O.A., Toxirov O‘.O., 2021

Texnologiya, 6 sinf, Sharipov Sh.S., Qo‘ysinov O.A., Toxirov O‘.O., 2021.

Учебник по технологии для 6 класса на узбекском языке.

  O‘tgan yillar davomida Siz “Texnologiya” faniga oid ko‘plab bilimlarni o‘rgandingiz hamda ijodiy ishlarni mustaqil ravishda bajarib keldingiz. Endi olgan bilim, ko‘nikma va malakalaringizni yanada mustahkamlagan holda, o‘z qo‘llaringiz bilan har xil materiallardan chiroyli buyumlar, turli mexanizmlar asosida harakatlanuvchi sodda jihozlar, robototexnika elementlari yordamida aqlli texnika va texnologiyalarni yasashni o‘rganasiz.
Aziz o‘quvchi! Siz buyuk kelajakni yaratuvchi, yangi texnologiyalarni hayotga tatbiq etuvchi, buning natijasida mamlakatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shuvchi shaxs hisoblanasiz. Mazkur yangi avlod darsligi asosida olgan bilimlaringiz kelajak hayotingizda muhim o‘rin egallaydigan amaliy mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishingizda hamda o‘zingiz qiziqqan kasb-hunar turlaridan birini to‘g‘ri tanlashingizda Sizga yaqindan yordam beradi, deb ishonamiz.

Texnologiya, 6 sinf, Sharipov Sh.S., Qo‘ysinov O.A., Toxirov O‘.O., 2021
Скачать и читать Texnologiya, 6 sinf, Sharipov Sh.S., Qo‘ysinov O.A., Toxirov O‘.O., 2021
 

Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Fayziyeva M.R., Sayfurov D.M., Xaytullayeva N.S., Tursunova F.R., 2021

Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Fayziyeva M.R., Sayfurov D.M., Xaytullayeva N.S., Tursunova F.R., 2021.

Учебник по информатике для 6 класса на узбекском языке.

  Aziz o‘quvchilar! Sizlar 5-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” darsligi yordamida Scratch dasturlash muhitida spraytlar bilan ishlash, sodda animatsiya dasturini yaratish, spraytlar liboslarini almashtirish, ovoz va matn bilan ishlash, shakl va sodda multfilmlar yaratish bo‘yicha dastlabki ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan edingiz. Endi esa chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlarga doir dasturlar tuzish, grafik muharrir yordamida yangi spraytlar hosil qilish, murakkab animatsiyalar, ko'p sahnali multfilmlar va kompyuter о‘yinlarini yaratishni o‘rganasiz.

Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Fayziyeva M.R., Sayfurov D.M., Xaytullayeva N.S., Tursunova F.R., 2021
Скачать и читать Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Fayziyeva M.R., Sayfurov D.M., Xaytullayeva N.S., Tursunova F.R., 2021
 

Adabiyot, 6 sinf, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizаyеv Sh., 2005

Adabiyot, 6 sinf, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizаyеv Sh., 2005.

Учебник по литературе для 6 класса на узбекском языке.

   Bu yil, 6-sinfda yanada ko'proq ijodkorlar bilan tanishasiz, rang-barang asarlami teranroq o'rganasiz. Endi Sizning ko'ngil uyingizga o'zbek mumtoz adabiyoti-yu jahon adabiyotidan ham, hozirgi zamon adabiyotidan ham ko'proq adib-u shoirlar kirib kelishadi. Ularga qalbingizdan keng o'rin bering, asarlarini qunt bilan, sinchiklab o'rganing. Darslikda badiiy asarlaming turlari va janrlari haqida nazariy ma'lumotlar ham keltirilgan. Bu esa Sizning adabiyot ilmi haqidagi bilimlaringizning yanada boyishiga, badiiy asar mohiyatini chuqurroq anglashingizga yordam beradi. Sizga yana bir narsani tavsiya qilamiz: ushbu darslikda ko'pgina asarlar to‘liq holida emas, balki qisqartirib keltirilgan; Siz ana shu asarlarning to’liq nusxasini topib o‘qisangiz, adabiyot fanini yanada chuqurroq o‘zlashtirgan, ayni paytda juda katta estetik zavq, ma'naviy oziq olgan bo‘lasiz.

Adabiyot, 6 sinf, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizаyеv Sh., 2005
Скачать и читать Adabiyot, 6 sinf, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizаyеv Sh., 2005
 

Men anglagan hayot, 5-9 sinf, Esse va hikoyalar, Jek London, 2017

Men anglagan hayot, 5-9 sinf, Esse va hikoyalar, Jek London, 2017.

Учебник по литературе для 5-9 класса на узбекском языке.

   XIX asr oxiri - XX asr boshlarida yashab, ijod qilgan Jek London, asosan, Shimol haqida yozadi - uning xalqi, tabiati, jonivorlari hayotini shu qadar jonli va tiniq tasvirlaydiki, o'quvchi qor yoki suv kechayotgan qahramon yonida turib eti junjikadi. Mehnatsevarlik, qahramonlik, fidoyilik bilan bir qatorda sadoqat va muhabbat tuygulari ham tarannum etiladi. Inson yashash uchun, to'g'rirog'i, yaxshi yashash uchun kurashishi kerakligi va bu har bir odamning bosh maqsadi bolishi lozimligi Jek Londonning barcha hikoyalarida o'z aksini topadi.
Ushbu kitobning yana bir qimmati shundaki, undagi hiko­ya va qissalarning aksariyati bugungi davr yosh tarjimonlari tomonidan o'zbek tiliga o'girilgan hamda ilk marta kitob holida chop etilmoqda.

Men anglagan hayot, 5-9 sinf, Esse va hikoyalar, Jek London, 2017
Скачать и читать Men anglagan hayot, 5-9 sinf, Esse va hikoyalar, Jek London, 2017
 

Tarix testlar to’plami, 6-9 sinf, Zoirov F., 2018

Tarix testlar to’plami, 6-9 sinf, Zoirov F., 2018.

Учебник по истории для 6-9 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Mil.aw VII asrda etrusklar va yunon koloniyalari o‘rtasidagi kurash nima uchun ro‘y bergan?
A) Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun.
B) Apennin yarimorolidagi unumdor yerlar uchun.
C) G‘arbiy 0 ‘rtayer dengizida hukmronlik uchun.
D) Yangi koloniyalaming vujudga kelishini oldini olish uchun.

Tarix testlar to’plami, 6-9 sinf, Zoirov F., 2018
Скачать и читать Tarix testlar to’plami, 6-9 sinf, Zoirov F., 2018
 

Fizika, 6 sinf, Turdiyev N.Sh., 2014

Fizika, 6 sinf, Turdiyev N.Sh., 2014.

Учебник по физике для 6 класса на узбекском языке.

   Qo‘lingizdagi kitob Siz uchun yangi o‘quv predmeti bo‘lgan «Fizika» darsligining birinchisidir. Keyingi 7–9- sinflarda ham «Fizika»dan o‘quv darslari davom etadi.
Darslikda shu hodisalarga doir murakkab bo‘lmagan va o‘zingiz bajarib ko‘ra oladigan qiziqarli topshiriqlar beriladi.

Fizika, 6 sinf, Turdiyev N.Sh., 2014
Скачать и читать Fizika, 6 sinf, Turdiyev N.Sh., 2014
 

Ona tili, 6 sinf, Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Nabiyeva D., 2017

Ona tili, 6 sinf, Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Nabiyeva D., 2017.

Учебник по родному языку для 6 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu — millatning ruhidir.

Ona tili, 6 sinf, Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Nabiyeva D., 2017
Скачать и читать Ona tili, 6 sinf, Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Nabiyeva D., 2017
 

Vatan tuyg‘usi, 6 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015

Vatan tuyg‘usi, 6 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015.

Учебник по чувство родины для 6 класса на узбекском языке.

   Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinflari uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» hamda «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitoblari asosida qayta ishlangan. Unda Vatanga muhabbat va vatanparvarlik asoslarini shakllantiradigan mavzular o‘quvchilarning o‘ziga xos tushuncha-tasavvurlarini hisobga olgan holda, qiziqarli misollar, hayotiy dalillar hamda zamonaviy metodik usullar vositasida yoritib berilgan.

Vatan tuyg‘usi, 6 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015
Скачать и читать Vatan tuyg‘usi, 6 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015
 
Показана страница 80 из 336