Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Fayziyeva M.R., Sayfurov D.M., Xaytullayeva N.S., Tursunova F.R., 2021

Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Fayziyeva M.R., Sayfurov D.M., Xaytullayeva N.S., Tursunova F.R., 2021.

Учебник по информатике для 6 класса на узбекском языке.

  Aziz o‘quvchilar! Sizlar 5-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” darsligi yordamida Scratch dasturlash muhitida spraytlar bilan ishlash, sodda animatsiya dasturini yaratish, spraytlar liboslarini almashtirish, ovoz va matn bilan ishlash, shakl va sodda multfilmlar yaratish bo‘yicha dastlabki ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan edingiz. Endi esa chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlarga doir dasturlar tuzish, grafik muharrir yordamida yangi spraytlar hosil qilish, murakkab animatsiyalar, ko'p sahnali multfilmlar va kompyuter о‘yinlarini yaratishni o‘rganasiz.

Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Fayziyeva M.R., Sayfurov D.M., Xaytullayeva N.S., Tursunova F.R., 2021


SCRATCH MUHITIDA TAKRORLANUVCHI BLOKLAR BILAN ISHLASH.
Tabiatda qayta-qayta takrorlanuvchi juda ko‘p hodisalar mavjud. Masalan, Yerning Quyosh atrofida aylanishi, yil fasllarning almashinishi va hokazo. Bunga yana soat strelkalarining aylana bo‘ylab harakatlanishi, har doim yozdan keyin kuz faslining kelishi kabi ko‘plab takroran bajariluvchi hodisa (jarayon)larni ham misol keltirish mumkin. Takroran bajariladigan hodisa (jarayon)lar sikl deb ataladi.

Tasavvur qiling, taom tayyorlash uchun 10 dona kartoshkani tozalash kerak. Qo‘limizda 10 dona kartoshka bor, lekin ularni birdan tozalay olmaymiz. Demak, 1-kartoshkadan boshlab 10-kartoshkagacha ketma-ket tozalaymiz. Bu yerda kartoshkani tozalash kabi ketma-ket bajariluvchi jarayon siklga misol bo‘la oladi.

Scratch dasturida harakatlarni avtomatik ravishda ketma-ket bajarish uchun maxsus bloklar mavjud. Ular bitta harakatni bir necha marta ketma-ket takrorlash imkonini beradi. Dasturning ma’lum bir qismi, ya’ni buyruqlarini takrorlash uchun sikllardan foydalaniladi. Scratch dasturida takrorlash jarayonini, ya’ni sikllarni tashkil qilishda “forever” (doimiy takrorlash), “repeat” (… marta takrorlash), “repeat until” (…ga qadar takrorlash) kabi bloklar qo‘llaniladi.

MUNDARIJA.
I BOB. DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. OBYEKTLARNI BOSHQARISH.
1-dars. Sсratch muhitida chiziqli dasturlar tuzish.
2-dars. Sсratch muhitida tarmoqlanuvchi bloklar bilan ishlash.
3-dars. Amaliy mashg‘ulot. Scratch muhitida chiziqli va tarmoqlanuvchi dasturlar tuzish.
4-dars. Scratch muhitida takrorlanuvchi bloklar bilan ishlash.
5-dars. Grafik muharrir yordamida yangi spraytlar hosil qilish.
6-dars. Amaliy mashg‘ulot. Scratch muhitida spraytlar yaratish va takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash.
7-dars. Murakkab animatsiyalar yaratish. Ko‘p sahnali multfilmlar yaratish.
8-dars. Kompyuter o‘yinlarini yaratish.
9-dars. Nazorat ishi. Loyiha ishlari taqdimoti.
II BOB. MATN PROTSESSORIDA HUJJATLARNI QAYTA ISHLASH.
10-dars. Matn protsessorida hujjatlar bilan ishlash.
11-dars. Kolontitul, havola va sahifa tartib raqamini o‘rnatish.
12-dars. Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish.
13-dars. Matematik formula va belgilarni joylashtirish.
14-dars. Hujjatga gipermurojaat o‘rnatish.
15-dars. Amaliy mashg‘ulot. Loyiha ishi.
16-dars. Nazorat ishi.
III BOB. INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA.
17-dars. Internetda ishlash asoslari.
18-dars. Qidiruv tizimlari va internetda ma’lumot izlash.
19-dars. Grafik, audio va videoma’lumotlarni izlash.
20-dars. Elektron pochta qutisini yaratish.
21-dars. Elektron pochtada xabar almashish.
22-dars. Axborot bilan ishlash madaniyati va mualliflik huquqi.
23-dars. Internet xavf-xatarlari va ulardan saqlanish.
IV BOB. AUDIO VA VIDEOFAYLLAR BILAN ISHLASH.
24-dars. Audio va videofayllarni boshqaruvchi dasturlar.
25-dars. Audio va videofayllar formatini o‘zgartirish.
26-dars. Nazorat ishi.
V BOB. TAQDIMOTLAR YARATISH TEXNOLOGIYASI.
27-dars. Kompyuterda taqdimotlar yaratish dasturlari imkoniyatlari va interfeysi.
28-dars. Taqdimot dizayni bilan ishlash.
29-dars. Slaydlarda shakl, rasm, jadval va diagrammalar joylashtirish imkoniyatlari.
30-dars. Slaydlarga musiqa va video joylashtirish.
31-dars. Taqdimotlarda gipermatn va gipermurojaat hosil qilish.
32-dars. Taqdimotga animatsiya va o‘tish effektlarini o‘rnatish.
33-dars. Amaliy ish. Loyiha ishi.
34-dars. Nazorat ishi.
Foydalanilgan adabiyotlar.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Fayziyeva M.R., Sayfurov D.M., Xaytullayeva N.S., Tursunova F.R., 2021 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-22 11:45:37