Hunarning xosiyati, O‘zbek xalq ertaklari, Zaparov R., 2015

Hunarning xosiyati, O‘zbek xalq ertaklari, Zaparov R., 2015.

Книги по художественной литературе на узбекском языке.

Фрагмент из книги.
Qadim zamonda bir zolim podshoh bor ekan. U birmuncha kun, birmuncha yil xalqni ezib, yanchib, yeydigan ovqatining yarmini olib sotib, oltin-kumushni yig‘ib, xalqdan yig‘gan pul bilan o‘z o‘rdasiga bir tup chinor qildirmoqchi bo‘libdi. Ustalarni yig‘ib: «Bu chinorning tanasi yoqutdan, shoxchalari zumraddan, barglari zabarjaddan, mevalari gavhar-u shamchiroqdan bo‘lsin!« deb amr qilibdi. Shahar xalqi buni eshitib: «Bu daraxt bitguncha bosh qashigani timog'imiz ham qolmasa kerak», deb qayg‘uribdi.

Hunarning xosiyati, O‘zbek xalq ertaklari, Zaparov R., 2015


Oltmish og‘iz yolg'on gap.
Bor ekan, yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan, bir podsho bor ekan. U podshoning bo‘yi yetgan qizi bor ekan. Podsho jarchi qo‘yib:
- Kimda-kim oltmish og‘iz yolg‘on gapirsa, shu hikoya bilan qizimni gapirtirsa, o‘shanga qizimni beraman, gapirtira olmasa, o‘ldiraman, - debdi. Bu xabarni eshitib ko‘p kishilar kelib, podshoning qizini gapirtira olmay, kallalari ketibdi. Bu mamlakatda bir kal bor ekan.

Bu kal olti oy yotib o‘ylabdi. So'ngra u oltmish og‘iz yolg‘on gapni topibdi. Yugurib podshoning oldiga kelib:
— Podshohim, men otamning belida, onamning qornida edim, o‘sha vaqtda bo bomning olti yuz oltmish oltita oti bor edi. Men otboqar edim. Kunlardan bir kuni bobomning otlaridan bittasi yo‘q bo'lib qolibdi. U bo‘g‘oz edi. Ko'p axtardim. Tog‘ga chiqib qaradim, ko'rmadim, tepaga chiqib qaradim, topilmadi, qalpog‘imni to‘nkarib ustiga chiqib qarasam, ot o‘n ikki toshlik yo‘lga borib tug‘ibdi. Qidirib ketayotganimda, yolda Amudaryo uchradi. Daryo yetti qavat yaxlabdi. Oyog‘im bilan o‘tay dedim, o‘ta olmadim. Qo‘lim bilan o‘tay dedim, o‘ta olmadim. Boshimni qo‘yib pirillab o‘tib ketibman. Borib, baytalni topib, mindim-u, bolasini oldimga olay desam, ko'tara olmadim, bolasini mindim-u, onasini egarga o'ngarib olib keldim. Amudaryodan bir hatlab o'tib ketdim.

Mundarija.
Bulbuligo‘yo.
Choi bilan kampir.
Oltmish og‘iz yolg'on gap.
Botir.
Hunarning xosiyati.
Jononpiyola.
Bola podshodir.
Yalmog‘iz kampir.
Abduaziz.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Hunarning xosiyati, O‘zbek xalq ertaklari, Zaparov R., 2015 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-11-21 14:14:42