Учебник по биологии для 10 класса на узбекском языке.
Biologiya o‘quv predmetining asosiy maqsadi: tirik organizmlarning tuzilishi, hayotiy jarayonlari, rivojlanishi, kelib chiqishi, xilmaxilligi, tashqi muhit bilan munosabatlari, moslanishlari haqidagi fan sifatida o‘quvchilarda biologik obyekt, hodisa va jarayonlarni, jonli va jonsiz tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yaxlit holda idrok etish, umumbiologik tushunchalar, qonuniyatlarni anglash, asoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, yashash muhiti bilan bog‘liq muammolarni hal etish ko‘nikmalarini hamda organik olam va biologik tizimlar qonuniyatlari asosida tabiiy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash, mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini tarkib toptirish, atrofimizni o‘rab turgan jonli tabiatga nisbatan ijobiy munosabat, biologik xilma xillikni asrashga javobgarlik hissi va barqaror hayotiy faoliyatni tarbiyalashdan iborat.
“Aqliy hujum” metodi.
Mazkur metod biror muammo bо‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni tо‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri о‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar о‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklda berilgan savolga ta’lim oluvchilar о‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga kо‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki “pinbord” doskasiga mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar bо‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjud. Ushbu metod tо‘g‘ri qо‘llanganda shaxsni erkin, ijodiy fikrlashga о‘rgatishga imkon yaratiladi.
“Aqliy hujum” metodidan foydalanganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish mumkin bо‘ladi, jumladan, ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ularda о‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish kо‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
MUNDARIJA.
1. O‘rta umumta’lim maktablarida biologiya ta’limining maqsadi, vazifalari.
2. Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar.
3. Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar.
4. Biologik ta’limda tayanch va fanga oid kompetensiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlik.
5. Pedagogik taksonomiyaga asoslangan o‘quv topshiriqlari.
6. Biologik ta’limda o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini baholash.
7. O‘quv yuklamasining sinf va boblar bo‘yicha taqsimlanishi.
8. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar.
I BOB. MOLEKULYAR BIOLOGIYA.
1.1. Biologiya fan sifatida.
1.2. Amaliy mashg‘ulot. Hayotning tuzilish darajalarini modellashtirish.
1.3. Tirik organizmlarning kimyoviy tarkibi.
1.4. Amaliy mashg‘ulot. Suvning tirik organizmlar uchun ahamiyati.
1.5. Uglevodlar.
1.6. Lipidlar.
1.7. Oqsillar.
1.8. Amaliy mashg‘ulot. Biologik infografika tuzish.
1.9. Nuklein kislotalar.
1.10. Amaliy mashg‘ulot. DNK va RNK tuzilishiga doir masalalar yechish.
II BOB. HUJAYRA BIOLOGIYASI.
2.1. Eukariot hujayra. Hujayra qobig‘i.
2.2. Sitoplazma. Hujayraning membranasiz organoidlari.
2.3. Hujayraning membranali organoidlari.
2.4. Laboratoriya mashg‘uloti. Hujayra membranasiga haroratning ta’sirini o‘rganish.
2.5. Yadro.
2.6. Prokariot hujayra.
2.7. Amaliy mashg‘ulot. Prokariot va eukariot hujayralar tuzilishini qiyosiy o‘rganish.
2.8. Hujayrada moddalar almashinuvi. Hujayrada energetik almashinuv.
2.9. Amaliy mashg‘ulot. Energiya almashinuviga doir masalalar yechish.
2.10. Hujayrada irsiy axborotning amalga oshirilishi.
2.11. Amaliy mashg‘ulot. Oqsil biosintezi jarayonini modellashtirish.
2.12. Prokariot va eukariot hujayralarning bo‘linishi.
2.13. Meyoz.
2.14. Laboratoriya mashg‘uloti. Mitoz jarayonini mikropreparatlar yordamida o‘rganish.
2.15. Amaliy mashg‘ulot. Mitoz va meyoz fazalarini taqqoslash.
III BOB. HAYOTIY JARAYONLAR.
3.1. Organizmlarning jinssiz ko‘payishi.
3.2. Gametogenez.
3.3. Organizmlarning jinsiy ko‘payishi.
3.4. O‘simlik va hayvonlar hayot siklida jinssiz va jinsiy nasl gallanishi.
3.5. Amaliy mashg‘ulot. O‘simliklar (yo‘sin, qirqquloq, qirqbo‘g‘im, urug‘li o‘simlik) hayot siklida jinssiz va jinsiy bo‘g‘inlarning gallanishini modellashtirish.
IV BOB. IRSIYAT VA O‘ZGARUVCHANLIK.
4.1. Irsiyat qonuniyatlari.
4.2. Amaliy mashg‘ulot. To‘liq va chala dominantlik bo‘yicha masalalar yechish.
4.3. Amaliy mashg‘ulot. Kodominantlik va pleyotropiyaga doir masalalar yechish.
4.4. Jins genetikasi.
4.5. Belgilarning jinsga bog‘liq holda irsiylanishi.
4.6. Amaliy mashg‘ulot. Jins genetikasiga doir masalalar yechish.
4.7. O‘zgaruvchanlik.
4.8. Amaliy mashg‘ulot. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikni o‘rganish.
4.9. Genotipik o‘zgaruvchanlik turlari.
4.10. Amaliy mashg‘ulot. Modifikatsion va mutatsion o‘zgaruvchanliklarni qiyosiy o‘rganish.
V BOB. GENETIK MUHANDISLIK VA BIOTEXNOLOGIYA.
5.1. Genetik muhandislik.
5.2. Hujayra irsiyatini o‘zgartirish.
5.3. Biotexnologiya.
5.4. Amaliy mashg‘ulot. Restriksion saytlarni aniqlash va meva sharbatini ishlab chiqarishda pektinazadan foydalanishni o‘rganish.
VI BOB. EKOSISTEMA.
6.1. Ekosistemaning tarkibiy tuzilmasi.
6.2. Amaliy mashg‘ulot. Ekosistemaning tarkibiy qismlarini aniqlash.
6.3. Ekologik omillar.
6.4. Loyiha ishi. Turli muhit sharoitida o‘sgan o‘simliklarning tuzilishini taqqoslash.
6.5. Ekosistemaning trofik strukturasi.
6.6. Amaliy mashg‘ulot. Oziq zanjiri va oziq to‘riga oid sxemalar tuzish va masalalar yechish.
VII BOB. EVOLYUTSIYA.
7.1. Evolyutsiyani harakatlantiruvchi omillari.
7.2. Amaliy mashg‘ulot. Populyatsiyalarning demografik ko‘rsatkichlarini Hardi-Vaynberg qonuni asosida o‘rganish.
7.3. Tabiiy tanlanish.
7.4. Organik olamdagi moslanishlar – evolyutsiya natijasi.
7.5. Amaliy mashg‘ulot. Organizmlarning yashash muhitiga moslanishini o‘rganish.
7.6. Turlarning paydo bo‘lishi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Biologiya, 10 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Raxmatov U.E., Saparov K.A., 2022 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Теги: учебник на узбекском языке :: биология :: Raxmatov :: Saparov :: 10 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
Предыдущие статьи:
- Как стать умным, Григорьев Г., Мархасев Л., 1973
- Биология, 5-9 классы, Базовый уровень, Методическое пособие, Пасечник В.В., 2022
- Биология, 5-6 классы, Индивидуально-групповая деятельность, Поурочные разработки, Пасечник В.В., 2017
- Самостоятельные работы учащихся по биологии, Растения, Пособие для учителя, Розенштейн А.М., 1988