Geometriya, 7 sinf, Xaydarov B., Tashtemirova N., Asrorov I., 2022

Geometriya, 7 sinf, Xaydarov B., Tashtemirova N., Asrorov I., 2022.

Учебник по геометрии для 7 класса на узбекском языке.

   Siz matematikaning eng jozibali bo‘limi – geometriyani o‘rganishni boshlayapsiz. Quyi sinflarda ayrim geometrik shakllar va ularning xossalari bilan tanishgan edingiz. 7-sinfda geometrik shakllarning g‘aroyib olamiga sayohat qilib, uni atroflicha va tizimli ravishda o‘rganishga kirishasiz.
Bizni geometrik shakllar olami o‘rab turadi. Geometrik shakllarga kundalik turmushda har qadamda duch kelamiz. Haqiqatan, to‘rtburchak shaklidagi deraza romi, qor parchasining hayratomuz shakli, turli shakldagi binolar, gugurt qutisi, velosiped g‘ildiragi, sovun pufaklari, gullar, daraxt barglari va shu kabi narsalar biror-bir shaklga ega.

Geometriya, 7 sinf, Xaydarov B., Tashtemirova N., Asrorov I., 2022


Geometriyaning boshlang‘ich tushunchalari.
Nuqta, to‘g‘ri chiziq va tekislik – geometriyaning boshlang‘ich tushunchalari. Ularni ta’rifsiz qabul qilamiz.

Qalam uchini qog‘ozga, bo‘rni doskaga tekkizganda qolgan iz yoki osmondagi yulduzlarni (8-rasm) olib qaraydigan bo‘lsak, ular ko‘zimizga shu qadar kichik ko‘rinadiki, ularning o‘lchamlarini hisobga olmasa ham bo‘ladi. Nuqta – ana shunday o‘lchamlarini hisobga olmasa ham bo‘ladigan narsalarning geometrik timsoli. Yevklid “Negizlar” deb nomlangan asarida nuqtani hech bir qismga ega bo‘lmagan shakl sifatida keltirgan. Har qanday nuqtalar to‘plami geometrik shakl sifatida qaraladi.

Tekis yotqizilgan temiryo‘l relslari (9-rasm), simyog‘ochga tarang tortilgan elektr simlari, tarang tortilgan dor simi kabi jismlarning geometrik timsoli to‘g‘ri chiziq bo‘ladi. Yorug‘lik nuri to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqaladi. Aslida to‘g‘ri chiziq cheksiz shakldir. Biz uni qog‘oz, sinf doskasida tasvirlaganda uning kichik bo‘laginigina chizamiz xolos. Lekin to‘g‘ri chiziqni doim har ikki tomonga cheksiz davom etgan deb tasavvur qilish kerak.

MUNDARIJA.
I bob. Geometriyaning boshlang‘ich tushunchalari.
1. Eng sodda geometrik shakllar.
2. Kesma. Kesmalarni taqqoslash va o‘lchash.
3. Burchak. Burchaklarni taqqoslash va o‘lchash.
4. Amaliy mashq va tatbiq. Bilimingizni sinab ko‘ring.
5. Burchakning turlari.
6. Perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar.
7. Amaliy mashq va tatbiq. Bilimingizni sinab ko‘ring.
II bob. Uchburchaklar.
8. Uchburchaklar, ularning turlari va elementlari.
9. Uchburchaklar tengligining birinchi alomati.
10. Teng yonli uchburchakning xossalari.
11. Uchburchaklar tengligining ikkinchi alomati.
12. Uchburchaklar tengligining uchinchi alomati.
13. Amaliy mashq va tatbiq. Bilimingizni sinab ko‘ring.
III bob. Parallel to‘g‘ri chiziqlar.
14. Parallel to‘g‘ri chiziqlar.
15. Ikki to‘g‘ri chiziqning parallellik alomatlari.
16. Ikki parallel to‘g‘ri chiziq va kesuvchi hosil qilgan burchaklar.
17. Amaliy mashq va tatbiq. Bilimingizni sinab ko‘ring.
IV bob.Uchburchakning tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatlar.
18. Uchburchakning ichki burchaklari yig‘indisi.
19. To‘g‘ri burchakli uchburchaklar.
20. Burchak bissektrisasining xossasi.
21. Uchburchakning tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatlar.
22. Amaliy mashq va tatbiq. Bilimingizni sinab ko‘ring.
V bob. Yasashga doir masalalar.
23. Sirkul va chizg‘ich yordamida geometrik yasashga doir masalalar.
24. Amaliy mashq va tatbiq. Bilimingizni sinab ko‘ring.
VI bob. Takrorlash.
25. Takrorlashga doir masalalar.
26. Amaliy mashq va tatbiq. Bilimingizni sinab ko‘ring.
7-sinf uchun geometriyaga oid asosiy ma’lumotlar.
Javoblar va ko‘rsatmalar.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Geometriya, 7 sinf, Xaydarov B., Tashtemirova N., Asrorov I., 2022 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-03 17:20:05