Учебник на узбекском языке.
O‘zbek tiliga chinakam muhabbat qo‘yish uchun g‘ayrat va jur’at bilan uning sehrli olamiga kirish kerak. Bu olamdagi eng ajoyib va g‘aroyib xazina esa so‘z boyligidir. Ana shu xazina qanchalik yaxshi egallansa, til burrolashib, zehn o‘tkirlashib, fikr tiniqlashib boraveradi. Ana shu tariqa bolada sog‘lom til tuyg‘usi, nozik so‘z sezgisi, go‘zal va ta’sirli nutq zavqi shakllanadi va asta-sekin kamol topib boradi. Bu yo‘lda bolalarga beminnat yordamchi bo‘ladigan ushbu izohli lug‘atchada yetti yuz atrofi dagi so‘z, ular ma’nolarining sodda, ixcham va lo‘nda shakldagi izohlari jamlangan. Dunyo lug‘atchiligi tajribasida (rus, turk, ingliz va boshqa) aynan bolalarbop bunday izohli lug‘atlar tuzish an’anasi ko‘pdan beri mavjud bo‘lsa-da, mazkur lug‘at o‘zbek tilidagi dastlabki ishdir.
A.
AHMOQ Aql bilan ish tutmaydigan, bema’ni ishlar qiladigan. Zidi: aqlli, oqil. Qovoqvoy (jahli chiqib): Dangasaman, bemazaman, Qovoqman. Kallam sira ishlamaydi – ahmoq man (Po‘lat Mo‘min. Qovoqvoyning sarguzashti). Hamma kitob о‘qiganligi uchun bu yerda birov-birovni “ahmoq”, “kallavaram”, “esi past” deb urishmaskan. Chunki
hammaning esi ham, aqli ham yetarlicha baland ekan (“G‘uncha”dan).
ANIQLAMOQ Noma’lum narsani bilib olmoq. Odil koptok kimnikiligini a n i q l a sh uchun qancha urinmasin, bilolmadi (M.Murodov. Koptok). Sovg‘adan qo‘shni mamlakat sultonining boshi osmonga yetibdi va saroy ahlini yig‘ib, qo‘g‘irchoqlarning biri ikkinchisidan nimasi bilan farq qilishini aniqlab beringlar, deb buyuribdi (“Uchta oltin qo‘g‘irchoq”ertagi).
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу So‘z sandiqchasi, O‘zbek tilining izohli lug‘atchasi, Mahmudov N., 2016 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Теги: учебник на узбекском языке :: словарь :: Mahmudov
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Предыдущие статьи:
- Русско-узбекский тематический словарь, 9000 слов, 2014
- Ўзбекча-арабча луғат, 7 минг сўз ва ибора, Иброҳимов Н., 2000
- Фалсафа қомусий луғат, Назаров Қ., 2004
- Узбекско-русский разговорник, 2007