Jahon tarixi, 9 sinf, Lafasov M., 2014

Jahon tarixi, 9 sinf, Lafasov M., 2014.

Учебник по истории для 9 класса на узбекском языке.

   Siz mustaqil O‘zbekistonning farzandlarisiz. Jahon tarixini o‘rganishda davlatimiz rahbari Islom Karimovning o‘z tarixini bilish jahon tarixi, umumbashariy taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganishning asosi ekanligi haqidagi fikrini yodda tutishingiz zarur. Siz o‘rta umumta’lim maktabining oxirgi, 9-sinfiga qadam qo‘ydingiz. Maktabni bitirgach, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga kirib o‘qiysiz. Siz 8-sinfda „Jahon tarixi“ bo‘yicha XVI asr boshlaridan XIX asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrni o‘rgandingiz. Endi jahon tarixining eng qiziqarli, shu bilan birga, murakkab davrini o‘rganasiz. Chunki bu davrda dunyoda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrning asosiy belgisi — ishlab chiqarishda monopolistik kapitalizm qaror topdi. Turli xil sindikatlar, kartellar, konsernlar yuzaga keldi. Ishlab chiqarish markazlashdi, xorijga kapital chiqarish boshlandi. Bir qator davlatlar oldingi 100 yillarda erisha olmagan taraqqiyotga erishdilar.

Jahon tarixi, 9 sinf, Lafasov M., 2014


Monopolistik kapitalizmning o‘rni.
Monopoliyalarning vujudga kelishi, birinchidan, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyalarni yanada kengroq joriy etishga imkoniyat yaratdi. Bu esa mehnat unumdorligining keskin oshishini ta’minladi.

Ikkinchidan esa, jamiyatning juda ozchilik guruhi qo‘lida ulkan hokimiyat to‘planishiga olib keldi. Shuning uchun ham AQSH monopoliyachilarini bekorga „Amerikaning tojsiz qirollari“ deb atashmagan edi. Ular AQSH hukumatining ichki va tashqi siyosatiga katta ta’sir ko‘rsata olganlar. Yoki Germaniyada „Kruppga nima yaxshi bo‘lsa, u Germaniya uchun ham yaxshi“, deyishardi. Chunki, ular ulkan miqdordagi boylikka egalik qilardi.

Uchinchidan, monopolistik kapitalizm qirg‘in-barot mustamlakachilik urushlarini kuchaytirganligi bilan ham ajralib turadi. Bunday urushlarning, ayniqsa, XIX asr oxirida kuchayishi „imperializm“ atamasining keng ishlatilishiga olib keldi. Bu atama dastlab industrial davlatlarning mustamlakachilikdan iborat tashqi siyosatlariga nisbatan ishlatildi. Keyinchalik „imperializm“ atamasi „monopolistik kapitalizm“ atamasining sinonimi o‘rnida qo‘llaniladigan bo‘ldi. Shu tariqa, bu ikki atama ayni bir xil ma’noni anglata boshladi.

MUNDARIJA.
Kirish.
I bo‘lim JAHON XIX ASR OXIRI — XX ASR BOSHLARIDA.
I bob. DUNYONING IJTIMOIY - IQTISODIY VA SIYOSIY MANZARASI.
1-§. XIX asr oxiri—XX asr boshlarida kapitalizm taraqqiyotida yuz bergan tub o‘zgarishlar.
2-§. Industrial sivilizatsiya.
II bo‘lim YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI.
II bob. G‘ARBIY YEVROPA DAVLATLARI XIX ASR OXIRI VA XX ASR BOSHLARIDA.
3-§. Fransiya—Prussiya urushi va uning yakunlari.
4-§. Fransiyada Uchinchi Respublika va 1871-yil 18-mart davlat to‘ntarishi.
5-§. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Fransiyada iqtisodiy va siyosiy hayot.
6-§. Fransiyaning ichki siyosati.
7-§. Fransiyaning tashqi siyosati.
8-§. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Germaniya. Imperiyaning tashkil topishi.
9-§. Imperiyaning ichki siyosati.
10-§. Imperiyaning tashqi siyosati.
11-§. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Buyuk Britaniyaning siyosiy va iqtisodiy ahvoli.
12-§. Buyuk Britaniyaning ichki siyosati.
13-§. Buyuk Britaniyaning tashqi siyosati.
III bob. XIX ASR OXIRI — XX ASR BOSHLARIDA AMERIKA DAVLATLARI.
14-§. Amerika Qo‘shma Shtatlari.
15-§. AQSHning ichki siyosati.
16-§. AQSHning tashqi siyosati.
17-§. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Lotin Amerikasi davlatlari.
18-§. Lotin Amerikasining boshqa davlatlari.
IV bob. XIX ASR OXIRI — XX ASR BOSHLARIDA PODSHO ROSSIYASI, MARKAZIY VA JANUBI-SHARQIY YEVROPA DAVLATLARI.
19-§. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida podsho Rossiyasining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli.
20-§. Podsho Rossiyasining tashqi siyosati.
21-§. Rossiyada Davlat dumasining tashkil etilishi.
22-§. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Avstriya-Vengriya imperiyasi.
23-§. Avstriya-Vengriya imperiyasining tashqi siyosati.
24-§. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Italiya.
25-§. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Bolqon davlatlari.
III bo‘lim OSIYO VA AFRIKA DAVLATLARI.
V bob. XIX ASR OXIRI — XX ASR BOSHLARIDA OSIYO DAVLATLARI.
26-§. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Yaponiya.
27-§. XIX asrning oxirida Xitoy.
28-§. XX asr boshlarida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli.
29-§. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Hindiston.
30-§. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Eron.
31-§. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Afg‘oniston.
32-§. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Turkiya.
VI bob. XIX ASR OXIRI — XX ASR BOSHLARIDA AFRIKA MAMLAKATLARI.
33-§. Shimoliy Afrika mamlakatlari.
34-§. Tropik va Janubiy Afrika mamlakatlari.
VII bob. 1914 — 1918-YILLARDAGI BIRINCHI JAHON URUSHI.
35-§. Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi.
36-§. 1916—1917-yillardagi urush harakatlari.
37-§. Birinchi jahon urushining yakunlari va oqibatlari.
IV bo‘lim FAN VA MADANIYAT.
VIII bob. XIX ASRNING OXIRI — XX ASR BOSHLARIDA FAN VA MADANIYATNING RIVOJLANISHI.
38-§. Moddiy ishlab chiqarishda texnika va fan taraqqiyoti.
39-§. Aniq va tabiiy fanlar rivoji.
40-§. Xalq ta’limi. Gumanitar fanlar. San’at.
41-§. Adabiyot.
Ilovalar



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Jahon tarixi, 9 sinf, Lafasov M., 2014 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-11-02 17:42:45