Texnologiya, 9 sinf, Sattarova Z., Abdusalomova N., Ahmedova N., 2019.
Учебник по технологии для 9 класса на узбекском языке.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan «Texnologiya» fani sizlarni o‘zlashtirgan mavzularingizni amalda qo‘llay olishga, egallagan bilimlaringizni hayotga tatbiq etishga o‘rgatadi.
Siz quyi sinfl arda «Texnologiya va dizayn» hamda «Servis xizmati» yo‘nalishlari bo‘yicha metall va metallmas materiallarga ishlov berish usullarini, turli hajmdagi uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlashni, elektrotexnika ishlarini bajarishni, milliy, jahon taomlarini pishirishni, kiyim hamda buyumlar bichish-tikishni, to‘qishning oddiy va murakkab usullarini o‘rganib, amaliy ko‘nikmalarni egalladingiz.
9-sinfda esa hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi, ishlab chiqarish va ro‘zg‘orshunoslik asoslari, elektronika asoslari, kasb tanlashga yo‘llash, ijodiy loyiha tayyorlash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirib, kompetensiyalarga aylantirishda darslik sizga yaqin ko‘makchi bo‘ladi.
Darslikda ish namunalari hamda hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlashning texnologik xaritalaridan foydalanib, ularni maktabingiz sharoitiga, o‘z sinfi ngiz imkoniyatiga moslab amalga oshirishingiz mumkin. Mazkur darslik ko‘zlagan maqsadlaringizga erishishingizda sizga yaqindan yordam beradi.
