Adabiyot, 6 sinf, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizаyеv Sh., 2005.
Учебник по литературе для 6 класса на узбекском языке.
Bu yil, 6-sinfda yanada ko'proq ijodkorlar bilan tanishasiz, rang-barang asarlami teranroq o'rganasiz. Endi Sizning ko'ngil uyingizga o'zbek mumtoz adabiyoti-yu jahon adabiyotidan ham, hozirgi zamon adabiyotidan ham ko'proq adib-u shoirlar kirib kelishadi. Ularga qalbingizdan keng o'rin bering, asarlarini qunt bilan, sinchiklab o'rganing. Darslikda badiiy asarlaming turlari va janrlari haqida nazariy ma'lumotlar ham keltirilgan. Bu esa Sizning adabiyot ilmi haqidagi bilimlaringizning yanada boyishiga, badiiy asar mohiyatini chuqurroq anglashingizga yordam beradi. Sizga yana bir narsani tavsiya qilamiz: ushbu darslikda ko'pgina asarlar to‘liq holida emas, balki qisqartirib keltirilgan; Siz ana shu asarlarning to’liq nusxasini topib o‘qisangiz, adabiyot fanini yanada chuqurroq o‘zlashtirgan, ayni paytda juda katta estetik zavq, ma'naviy oziq olgan bo‘lasiz.
