Ona tili, 7 sinf, Mahmudov N., 2017.
Учебник по родному языку для 7 класса на узбекском языке.
Donishmandlar: «Til – dilning kaliti», – deb bejiz aytmaganlar. Hayotda har bir insonning qalbiga yo‘l topish vositasi til ekanini Siz ham yaxshi bilasiz, albatta. Modomiki, shunday ekan, ona tilini mukammal o‘rganmoqning foydasi nechog‘lik katta ekani ayondir. Siz 7-sinfda 6-sinf «Ona tili» darsligidan olgan bilimlaringizni boyitasiz, yana yangi-yangi ma’lumotlar olasiz, o‘rgangan nazariy bilimlaringizni bir-biridan qiziq mashqlarga tatbiq etib, amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanasiz.
7-sinf «Ona tili» darsligi mustaqil fikrlashingiz, to‘g‘ri xulosalar chiqara olishingiz, so‘z boyligingizning oshishi, to‘g‘ri talaffuz va puxta imlo sohibi bo‘lishingiz yo‘lida Sizga hamroh va yordamchi bo‘la oladi.
Aziz o‘quvchilar!
Ona tilingizning sir-asrorlarini chuqur o‘rganish boshqa fanlar eshigini oson va dadil ochishingizda muhim omil bo‘lishini his qilgan holda uni mehr bilan o‘rganing.
Bu yo‘lda Sizlarga sabot va g‘ayrat tilaymiz.
