Учебник по технологии для 2 класса на узбекском языке.
Siz ushbu darslik yordamida turli amaliy topshiriqlarni bajarishni o‘rganasiz. Darslikda rangli qog‘ozdan har xil gullar, maketlar, tabriknomalar, turli ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar, parranda va jonivorlar shaklini yasash, gazlamalardan ajoyib buyumlar tayyorlash usullari o‘rgatiladi. Ayni paytda applikatsiya va mozaika usulida ishlash va boshqa turli qo‘l ishlarini bajarish jarayonlari ham ko‘rsatib berilgan.
Texnologiya darslarida berilgan amaliy ishlarni bosqichli bajarish bilan birga mavzudagi savol va topshiriqlarga to‘liq javobberishingiz, ishni sifatli bajarishingiz hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingiz lozim.
Aziz o‘quvchilar, atrofingizdagi sizni hayratga solayotgan barcha ezgu ishlar inson mehnati mahsulidir. Shuningdek, turli kasb egalari va kasb-hunarga oid ma’lumotlar bilan ham tanishasiz. Unutmang, kelajakda o‘zingiz tanlagan kasbhunarning mohir ustasi bo‘lishingizda ushbu darslik sizga yaqin ko‘makdosh bo‘ladi.








