Учебник по родному языку для 10 класса на узбекском языке.
Siz oldingi sinflarda xalqimizning dunyolarga bermaydigan boyligi bo‘lmish o‘zbek tilining tarkibiy tuzilishi, bu tarkibning birliklari va ular orasidagi munosabatlar, bundagi qoidaqonuniyatlar bilan tanishdingiz. Siz fonetika bo‘limida tovushlarmng tavsifi, ularning xususiyatlari, muayyan holatlardagi o‘zgarishi, talaffuzi va irnlosi, shuningdek, urg‘uni, leksikologiya bo‘limida so‘zlaming ma’nolari, ko‘p ma’nolilik, ma’nodoshlik, shakldoshlik, zid ma’nolilik, iboralarni, morfologiya bo‘limida so‘z shakllarining tarkibiy tuzilishi, bu sliakUariiiiig o‘ziga xosliklari, so‘z turkumlarini, sintaksis bo‘limida so‘zlarni birbiri bilan to‘g‘ri bog‘lash va gap tuzish qoidalari, gaplaming xususiyatlarini o‘rgandingiz.








