Учебник по истории для 10 класса на узбекском языке.
1917 - 1991-yillar O‘zbekiston tarixida sovet davrini tashkil qiladi. Mazkur davrni quyidagi katta 2 ta bosqichga ajratish mumkin: 1) birinchi bosqich - 1917 - 1924-yillar; 2) ikkinchi bosqich - 1925 - 1991-yillar. Birinchi bosqich-da mintaqada Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalari tashkil qilingan bo‘lsa, ikkinchi davr 1925-yil fevralda O‘zbekiston SSRning tuzilishi bilan boshlanadi hamda 1991-yilda sovet davlatining parchalanishi bilan tugaydi. Bu bosqichlar ham o‘z navbatida bir nechta kichik bosqichlarga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 14-dekabrda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida yaqin o‘tmish tariximizga quyidagicha baho bergan edi: “0‘zbek xalqining necha mingyillik tarixida qanday murakkab davrlar, og‘ir sinovlar boigamm barchamiz yaxshi bilamiz.








