Ona tili, 10 sinf, Mengliyev B., Abdurahim S., 2022

Ona tili, 10 sinf, Mengliyev B., Abdurahim S., 2022.

Учебник по родному языку для 10 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги.
Til nutq sharoiti, qo‘yilgan maqsad, qo‘llanish doirasi, muloqot qiluvchilarning kimligiga qarab turlicha voqelanadi. Bunda bir tushuncha har xil ifodalar, bir fikr turli sintaktik qurilmalar bilan beriladi. Tilning bunday ko‘rinishi nutq uslubidir. Tilda so‘zlashuv, publitsistik, ilmiy, rasmiy va badiiy uslublar farqlanadi. Bu uslublarda qo‘llanuvchi birliklar so‘zlashuv (anaqa), kitobiy (o‘shal) va betaraf (bu, o‘sha) birliklarga bo‘linadi.

Ona tili, 10 sinf, Mengliyev B., Abdurahim S., 2022


BIZNI KEMIRGUVCHI ILLATLAR.
Bizni kemirguvchi illatlar deganda zaxm-u maraznimi gumon etarsiz? Yoinki sil, silariya va maxavliknimi dersiz? Yo‘q, andan ham yamonroq va andan ham jonxarosh, bevoya, xonavayron va g‘arib etguvchi bir dard, biz – turkistoniylarni shahri va qishloqi yoyinki yarim madaniy, yarim vahshiy sinflarimizg‘acha istilo etib, butun tirikligimizg‘a sorilgon va bizni inqirozg‘a va tahlikag‘a va jahannamg‘a yumalataturgon to‘y, azo ismindagi ikki qattol dushmanni derman.

Ma’lum bir shaharda yahudiylar ba’zan o‘luklarini oqshom eltib ko‘marlar. Na uchun? Kunduzi ishdan qolarlar. Biz bo‘lsa, o‘luk va to‘y uchun haftalar, hatto oylar ila ishdan qolurmiz. Holbuki, shore’i a’zam, payg‘ambari akram sallollohi alayhi vasallam hazratlari o‘lganni tez ko‘mub va ko‘mgandan so‘ngra tez tarqalib, ishg‘a ketmoqg‘a va o‘lukxona xalqini uch kundan ziyoda ta’ziya tutmasg‘a, qaro kiymasg‘a, kir, falokat bo‘lmasg‘a amr etarlar. Ey xalq! Ey musulmonlar! Biz na uchun Xudo va rasulni so‘zig‘a va o‘zimizni naf’imizg‘a amal qilmaymiz? Biz devonami? …Besh-olti ma’raka va xudoyi, 8–10 jum’a oqshomi deb butun mahalla va qishloq xalqig‘a palov berarmiz. Ba’zi bir bechora sag‘ir va mushtipar ayollar merosdan va haqlaridan noqis olurlar. Ba’zi qarz xohlarni haqqi xudoyi va xayrot, noxudoyi va sharrot sababi ila kuyub ketar. Bechora o‘lukni zimmasi qarzdan qutulolmay qolur. Xudo uchun aytingiz, bu xayrot-mi, bu xudo yimi?

MUNDARIJA.
I BOB MUHABBAT O‘ZI NIMA?.
II BOB JAMIYATNING BIR BO‘LAGIMAN.
III BOB HUQUQDAN BURCHGACHA.
IV BOB MEN VA BOSHQALAR.
V BOB RUHIY TARBIYA.
VI BOB TILIM – BOYLIGIM.
VII BOB FAN VA TEXNOLOGIYALAR.
VIII BOB BOY BO‘LSAM.
IX BOB KINO SANOATI.
X BOB TABIAT VA INSON.
XI BOB TAKRORLASH.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Ona tili, 10 sinf, Mengliyev B., Abdurahim S., 2022 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-24 16:37:07