Tom Soyerning boshidan kechirganlari, Tven M., 2014

По кнопке выше «Купить бумажную книгу» можно купить эту книгу с доставкой по всей России и похожие книги по самой лучшей цене в бумажном виде на сайтах официальных интернет магазинов Лабиринт, Озон, Буквоед, Читай-город, Литрес, My-shop, Book24, Books.ru.

По кнопке «Купить и скачать электронную книгу» можно купить эту книгу в электронном виде в официальном интернет магазине «ЛитРес», и потом ее скачать на сайте Литреса.

По кнопке «Найти похожие материалы на других сайтах» можно искать похожие материалы на других сайтах.

On the buttons above you can buy the book in official online stores Labirint, Ozon and others. Also you can search related and similar materials on other sites.


Tom Soyerning boshidan kechirganlari, Tven M., 2014.

Учебник на узбекском языке.

  Mark Tvenning «Tom Soyer», «Geklberri Finn», «Tom Soyer va Geklberri Finning boshdan kechirganlari», «Tom Soyerning yangi sarguzashtlari», «Yanki va qirol Artur» singari asarlari nafaqat G‘arbda, balki butun Sharqda ham million-million kishilar tomonidan sevib o‘qilmoqda.
Adib mazkur asarida yosh, o‘ta qiziqqon va sho‘x, chigal to‘siqlardan ham qiynalmay o‘ta oladigan, og‘ir va murakkab sharoitlarda ham o‘zini tuta biladigan, uddaburon bola Tom Soyer haqida hikoya qiladi. Tomning o‘ta makkor va firibgar hindi Joning iziga tushishi va undan qo‘rqmasligi, g‘ayritabiiy xayollar olamida yurishi butun shaharcha ahlini, hatto Tomning do‘stlarini ham hayratga soladi. Doimo unga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lgan uztozi ham, uning sho‘xliklarini tanqid ostiga oladigan Polli xola ham oxir-oqibat Tomdagi jasoratga qoyil qoladilar.
Kitob keng kitobxonlar ommasiga, shu jumladan,maktab yoshidagi bolalarga ham mo‘ljallangan.

Tom Soyerning boshidan kechirganlari, Tven M., 2014


USTA SUVOQCHI.
Yakshanbaning ertasi ham kelib yetdi, yozgi tabiat esa – yangi, qaynoq hayot bilan bezandi. Hammaning qalbida ashula jaranglay boshladi. Hamma quvnoq, har kimda qanot paydo bo‘lgan.
Oq akatsiya daraxtlari gullarga burkangan, havoda atir hidi burqsiydi. Shahar chetidagi Kardif tog‘i ko‘mko‘ k ko‘katlar bilan qoplangan.

Bu tog‘ xuddi shunday bir masofada ediki, go‘yo uzoqdan bir narsani va’da etgandek, mag‘rur va jilvagar, g‘alvasiz hamda xayolga cho‘mgan bir dunyo singari ko‘zga chalinar edi.
Tom bir chelak ohak bilan uzun dastalik bir cho‘tkani ko‘tarib ko‘chaga chiqdi. U devorga bir qarab qo‘yar ekan, o‘sha ondayoq tevarak-atrofni qorong‘ilik bosib, uning dilini chuqur xafachilik o‘rab oldi. O‘ttiz yard keng devor, balandligi to‘qqiz fut! Shu damda hayot uning uchun ma’nosiz bir narsa, keraksiz bir yuk bo‘lib ko‘rindi. Og‘ir bir entikib, cho‘tkani chelakka botirib oldi-da, yuqorigi taxtaga uzunasiga bir surkadi, yana bir surkadi, yana bir. Shundan keyin to‘xtab qaradi: uning oqlagan devori, oqlanmagan kattakon, uzun devorga
nisbatan juda ham oz edi. U xafa bo‘lib, gul tuvakka kelib o‘tirdi.

MUNDARIJA.
BIRINCHI BOB.
Tom o‘ynaydi, urush-to‘polon qiladi, yashirinadi.
IKKINCHI BOB.
Usta suvoqchi.
UCHINCHI BOB.
Urush va sevgi bilan mashg‘ul bo‘lish.
TO‘RTINCHI BOB.
Yakshanba kungimaktabda «chiranish».
BESHINCHI BOB.
Chaqag‘on qo‘ng‘iz va uning o‘ljasi.
OLTINCHI BOB.
Tom Bekki bilan tanishadi.
YETTINCHI BOB.
Kanani quvish va poralangan yurak.
SAKKIZINCHI BOB.
Kelajakdagi botir qaroqchi.
TO‘QQIZINCHI BOB.
Qabristondagi fojia.
O‘NINCHI BOB.
Itning uvlashi – yaxshi alomat emas.
O‘N BIRINCHI BOB.
Tom vijdon azobini boshidan kechiradi.
O‘N IKKINCHI BOB.
Mushuk va dorivor.
O‘N UCHINCHI BOB.
Qaroqchilar shaykasi yelkanni ko‘taradi.
O‘N TO‘RTINCHI BOB.
Âàõli qaroqchilar lageri.
O‘N BESHINCHI BOB.
Tom o‘z uyiga yashirincha kelib oladi.
O‘N OLTINCHI BOB.
Birinchi trubkalar. – «Men pichog‘imni yo‘qotdim».
O‘N YETTINCHI BOB.
Qaroqchilar o‘zlarining ko‘mish marosimlariga ishtirok etadila.
O‘N SAKKIZINCHI BOB.
Tom hikmatli tushini hikoya qilib beradi.
O‘N TO‘QQIZINCHI BOB.
«Men buni o‘ylamasdan qilganman».
YIGIRMANCHI BOB.
Tomning yana bir jasorati.
YIGIRMA BIRINCHI BOB.
Oltin suvi yugurtirilgan gumbaz.
Missurili qizning Alabama bilan xayrlashuvi.
Xàóîl.
YIGIRMA IKKINCHI BOB.
Tom ko‘kdan jazo kutadi.
YIGIRMA UCHINCHI BOB.
Meff Potterning qutqazilishi.
YIGIRMA TO‘RTINCHI BOB.
Porloq kunlar – qo‘rqinchli tunlar!.
YIGIRMA BESHINCHI BOB.
Ko‘milgan xazinani izlash.
YIGIRMA OLTINCHI BOB.
Qaroqchilar xazinani o‘g‘irlab ketdilar.
YIGIRMA YETTINCHI BOB.
Titraydi va izidan tushadi.
YIGIRMA SAKKIZINCHI BOB.
Hindi Joning kulbasida.
YIGIRMA TO‘QQIZINCHI BOB.
Gek beva xotinni qutqaradi.
O‘TTIZINCHI BOB.
Tom bilan Bekki g‘orda.
O‘TTIZ BIRINCHI BOB.
Qo‘rqinchli uchrashuv.
O‘TTIZ IKKINCHI BOB.
Chiqinglar! Ular topildilar!.
O‘TTIZ UCHINCHI BOB.
Hindi Joning taqdiri.
O‘TTIZ TO‘RTINCHI BOB.
Oltin chashmalar.
O‘TTIZ BESHINCHI BOB.
Muhtaram Tom qaroqchilar shaykasiga kiradi.
Yakun.

Купить .
Дата публикации:






Теги: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-04-16 23:44:44