Biologiya, 11 sinf, G‘аfurоv A., Abdukаrimоv A., Тоlipоvа J., 2018

Biologiya, 11 sinf, G‘аfurоv A., Abdukаrimоv A., Тоlipоvа J., 2018.

Учебник по биологии для 11 класса на узбекском языке.

   Ushbu darslik o‘rta ta’lim maktablarining davlat ta’lim standartlari talablari asosida tayyorlangan. Darslik mazmuni 10-sinfda o‘qitilgan biologiya o‘quv fanining mantiqiy davomi bo‘lib, 11-sinfda hayotning biogeotsenotik va biosfera darajasidagi umumbiologik qonunlar, organik olam filogenezini o‘rganishga bag‘ishlangan. Mavzu mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqib, unda foydalanilgan shartli belgilar asosida berilgan topshiriqlarni bekam-u ko‘st bajarishingiz kelgusida shaxs sifatida shakllanish, ilmiy dunyoqarashni kengaytirish va ekologik tafakkurga ega bo‘lishingizga zamin tayyorlaydi.
Mustaqil O‘zbekistonning komillikka intiluvchi farzandi sifatida fan asoslarini chuqur o‘zlashtirib, kelgusida biologiyadan egallagan kompeten-siyalaringizga asoslangan holda kasb tanlab, mustaqil hayotda o‘z o‘rningizni topishingizga ishonamiz.

Biologiya, 11 sinf, G‘аfurоv A., Abdukаrimоv A., Тоlipоvа J., 2018


EKOLOGIYANING RIVOJLANISHI, BO‘LIMLARI VA METODLARI.
O‘simlik va hayvonlarga atrof-muhit omillarining ta’sirini o‘rganish haqidagi dastlabki fikrlar qadimgi yunon faylasuf olimlarining asarlarida aks etgan. X–XII asrlarda O‘rta Osiyoning ulug‘ allomalari al-Xorazmiy, al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino asarlarida Yerning tuzilishi, dorivor o‘simliklar, hayvonlarning yashash joylari haqida ma’lumotlar berilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining «Boburnoma» nomli tarixiy asarida O‘rta Osiyo va Hindistonning turli o‘simlik va hayvonlari, ularning tarqalishi, ko‘payish davrlari haqida ko‘pgina ma’lumotlar keltirgan.

Tirik organizmlarning yashash muhitini batafsil va chuqur o‘rganish XIX–XX asrlarda boshlandi. Atrof-muhitning jonli organizmlar hayotiga ta’sirini o‘rganishni nemis olimi Aleksandr Gumbold boshlab berdi. U birinchi bo‘lib o‘simliklar hayotida muhit omillarining ahamiyatini o‘rgandi. XX asrning boshlarida botanika, zoologiya va boshqa tabiiy fanlarda ekologiya yo‘nalishi shakllandi. Asta-sekin tabiatni o‘rganishga ekologik yondashuv katta ahamiyat kasb eta boshladi. Bir qator mamlakatlarda ekologik muammolarni keng qamrab oluvchi asarlar chop etildi. Ekologiyaning rivojlanishida ingliz olimi A.Tensli shakllantirgan ekotizim konsepsiyasi va rus olimi V.N.Sukachev ilgari surgan biogeotsenoz nazariyasi muhim o‘rin tutadi.

MUNDARIJA.
So‘zboshi.
I BOB. EKOLOGIYA VA HAYOT.
1-§. Biologik tizimlar. Ekologiya – biologik tizimlar haqidagi fan.
2-§. Ekologiyaning rivojlanishi, bo‘limlari va metodlari.
II BOB. HAYOTNING EKOSISTEMA DARAJASIDAGI UMUMBIOLOGIK QONUNIYATLARI.
3-§. Hayotning ekosistema darajasi xususiyatlari. Biogeotsenoz – biologik sistema.
4-§. Ekosistemalarning tarkibiy qismlari.
5-§. Organizmlarning yashash muhiti. Suv muhiti.
6-§. Quruqlik-havo, tuproq, tirik organizmlar yashash muhitlari sifatida.
7-§. Muhit omillari va ularning tasnifi.
8-§. Yorug‘lik – muhitning ekologik omili.
9-§. Harorat – muhitning abiotik omili.
10-§. Namlik ekologik omil sifatida.
11-§. Tuproq va topografik omillar.
12-§. Muhitning biotik omillari. Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar.
13-§. Antropogen omillar.
1-laboratoriya mashg‘uloti.
14-§. Turning populatsion strukturasi.
15-§. Turning populatsion strukturasi (davomi).
16-§. Ekotizimlarning trofik strukturasi.
17-§. Ekotizimlarning mahsuldorligi.
18-§. Ekologik piramida qoidasi. Biomassa va energiya piramidasi.
2-laboratoriya mashg‘uloti.
19-§. Tabiiy ekosistemalar.
20-§. Markaziy Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy ekosistemalari.
21-§. Sun’iy ekosistemalar.
22-§. Biogeotsenozlarning barqarorligi.
23-§. Inson ekologiyasi.
3-laboratoriya mashg‘uloti.
III BOB. HAYOTNING BIOSFERA DARAJASINING UMUMBIOLOGIK QONUNIYATLARI.
24-§. Biosfera darajasining xususiyatlari. Biosfera haqida ta’limot.
25-§. Biosfera chegaralari.
26-§. Biosferaning tarkibi.
27-§. Biosferadagi tirik moddaning xususiyatlari va funksiyalari.
28-§. Biosfera biomassasi.
29-§. Biosferada modda va energiyaning davriy aylanishi.
30-§. Biogeokimyoviy sikl.
31-§. Biosfera evolutsiyasi. Biogenez.
32-§. Biosfera evolutsiyasi. Noogenez.
33-§. Inson biosfera omili sifatida. Inson faoliyatining biosferaga ta’siri.
34-§. O‘simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish.
IV BOB. ORGANIK OLAM FILOGENEZI.
35-§. Organik olam filogenezining umumiy tavsifi.
36-§. O‘simliklar filogenezi. O‘simliklarning vegetativ organlari filogenezi.
37-§. O‘simliklarning generativ organlari filogenezi.
4-laboratoriya mashg‘uloti.
38-§. Hayvonot dunyosidagi evolutsion o‘zgarishlar.
39-§. Tirik organizmlarda o‘z-o‘zini idora etish organlari: gumoral va nerv sistemasi evolutsiyasi.
40-§. Hayvonlarning tana qoplami va harakat organlari evolutsiyasi.
41-§. Hayvonlarning nafas olish organlari evolutsiyasi.
42-§. Hayvonlarning qon aylanish organlari evolutsiyasi.
43-§. Hayvonlarning hazm qilish organlari evolutsiyasi.
44-§. Hayvonlarning ayirish va jinsiy organlari evolutsiyasi.
5-laboratoriya mashg‘uloti.
Atamalar izohi.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Biologiya, 11 sinf, G‘аfurоv A., Abdukаrimоv A., Тоlipоvа J., 2018 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-03 17:17:21