Taras Bulba, Gogol N., 2015.
Учебник на узбекском языке.
O‘z davrida rus adabiyotining eng istе’dodli yozuvchilaridan sanalgan Nikolay Gogolning ijodiy tajribasi tuganmasdir. Gogolcha uslub, gogolcha til, gogolcha tasvir, gogolcha yumor, gogolcha rеalizm jahon yozuvchilari uchun o‘ziga xos mahorat maktabi. Ikki qismdan iborat ushbu kitobda muallifning qiziqarli qissalari jamlangan bo‘lib, ularning har birida o‘sha davrdagi xalq hayoti, jamiyatning o‘ziga xos muammolari yengil yumoristik uslubda yoritilgan. Gogol asarlarining tub ma’nosini chuqur anglab, qahramonlari bilan yaqindan tanisharkansiz, odamzodning tug‘ilish, yeyish, ichishdan iborat va nihoyat paymonasi to‘lganda olamdan o‘tishi muqarrar bo‘lgan bu o‘tkinchi dunyoda hirs-havas nimadan o‘zi, deya o‘ylanib qolasiz. Turmushning majruh va hajviy darajada bеma’niligi-yu yaramasligini ko‘rasiz, binobarin, asar qahramonlari taqdirida qatnashasiz, ular ustidan kulasiz va qayg‘usidan azoblanasiz.
TARAS BULBA.
– Qani, o‘g‘lim, menga qara-chi! Juda g‘alatisan-ku! Bu nimasi, poplar kiyadigan ro‘dapo to‘nlarni kiyib olibsizlar? Yo akademiyadagilarning hammasi shunaqa kiyinishadimi?
Kiyevning ruhoniylar tayyorlaydigan akademiyasida o‘qib qaytgan ikki o‘g‘lini keksa Bulba shu so‘zlar bilan qarshi oldi.
O‘g‘illari endigina otdan tushishgan edi. Ikkovi ham yaqindagina maktabni bitirib chiqqan talabalar singari yovvoyiroq, azamat o‘spirinlar edi. Beg‘ubor tetik yuzlaridagi maysa mo‘ylariga hali ustara tekkani yo‘q. Ular otalarining bunday muomalasidan juda xijolat bo‘lib, indamay yerga qarab turardilar.
Bulba o‘g‘illarini aylantirib ko‘rarkan:
– To‘xtanglar! To‘xtanglar! Yaxshiroq ko‘ray! To‘nlaring muncha uzun? Ana xolos! Dunyo bino bo‘lib bunaqasi ko‘rilmagan bo‘lsa kerak! Qani, birortang chopib ko‘r-chi! Ko‘ray-chi, etagingga o‘ralashib yiqilmasmikansan, – dedi.
MUNDARIJA.
Taras Bulba.
Viy.
Ivan Ivanovich va Ivan Nikiforovich o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘tmish janjallaridan hikoyat.
Izohlar.
Купить .
Теги: учебник на узбекском языке :: Gogol
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
- Yovvoyi qushlar, Hans Kristian Andersen, 2012
- Turk ertaklari, Po Iatov H., Sodiqov N., 2010
- O‘n sakkizga kirmagan kim bor, Qissa, Xolmirzayev Sh., 2018
- O‘zbeklar, Hikoyalar, o‘ylar, hajviyalar, Hoshimov O‘., 2018
- Ona tili, 10 sinf, Mahmudov N., 2017
- Ona tili, 8 sinf, Qodirov M., 2019
- Ona tili va o‘qish savodxonligi, 1-sinf, 1-qism, Azimova I., 2021
- Yozuv daftari, 1 sinf, G‘ulomov M., 2021