Jismoniy tarbiya, 3 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2016.
Учебник по физкультуре для 3 класса на узбекском языке.
3-sinfda sizni juda ko‘p qiziqarli mashg‘ulotlar kutmoqda. Siz gimnastika, sport o‘yinlari elementlari, yangi umumrivojlantiruvchi mashqlarni va qiziqarli milliy harakatli o‘yinlarni o‘rganasiz. Shuningdek, organizmingiz va jismoniy sifatlaringizni rivojlantirish uchun murakkab mashqlar bajarish lozimligini bilib olasiz.
Bundan tashqari, siz uchinchi sinfda qanday mashqlar bo‘lishini, ular bir-biridan nima bilan farq qilishini, ular qanaqa sifatlarni rivojlantirish uchun qo‘llanilishini, mashqlarni va undan qanday foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini bilib olasiz. Shu bilan birga, jismoniy mashqlar majmuyi nimaligini va ularni qanday ketma-ketlikda bajarishni, o‘zingizning jismoniy rivojlanish darajangizni kuzatib borishni o‘rganasiz. Darslarda sportning ba’zi turlari to‘g‘risida, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi haqida qisqacha ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
