Учебник по воспитанию для 1 класса на узбекском языке.
Мапа Siz dunyo imoratlarining eng go'zali bo'lgan maktab ostonasiga qadam tashladingiz. Qadamingiz qutlug' bo'lsin!
Bu yerda mehribon ustozlardan ilm o'rganasiz, tengdoshlaringiz bilan do'stlashasiz, o‘z oldingizga ezgu maqsad qo‘yasiz va unga intilib yashaysiz.
Maktab Sizga bilim beradigan, orzu-maqsadlaringizga erishishga ko‘maklashadigan muqaddas maskandir.
Oldinda sizni ilmlar olami kutmoqda. Sizning mustaqil fikr yuritib, jonajon O'zbekistonimizning aqlli, dono, bilimga chanqoq farzandi bo'lib voyaga yetishingizga ishonamiz!








