учебник на узбекском языке

Informatika, 7 sinf, Boltayev B.J., 2017

Informatika, 7 sinf, Boltayev B.J., 2017.

Учебник по информатике для 7 класса на узбекском языке.

   Aziz o‘quvchilar! Siz avvalgi sinflarda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan biri bo‘lgan kompyuterdan foydalanish bo‘yicha dastlabki ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ldingiz. Shu bilan birga, kompyuter – o‘qitish, hisoblash, tasvirlash, tahrirlash, dam olish hamda axborot bilan ishlash vositasi ekanligi haqida ma’lumot oldingiz.
Ushbu darslik yordamida Siz axborotni to‘plash, uzatish, saqlash va qayta ishlash qonunlari, usullari hamda tezkor komp yuterlar va boshqa zamonaviy vositalar ko‘magidan foydalanishni o‘rganasiz. Hozirgi kunda axborotning qimmatbaho mahsulotga
aylanib borayotgani informatika fanining nufuzi va ahamiyati o‘sib borayotganidan dalolatdir.
Taqdim etilayotgan ushbu darslik Sizni informatika olamiga olib kiradi, uning sirlarini o‘rganishda muhim ko‘makchi bo‘ladi, deb umid qilamiz.
O‘ylaymizki, informatika fani sizlarda kompyuter doimiy ko‘makchi va mehnatingizni yengillashtiruvchi vosita ekanligi haqida tasavvur qoldirishi bilan birga, o‘z amaliy ishingizda yangi qirralarning ochilishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi.

Informatika, 7 sinf, Boltayev B.J., 2017
Скачать и читать Informatika, 7 sinf, Boltayev B.J., 2017
 

Geometriya, 7 sinf, A’zamov А., Haydarov B., Sariqov E., 2017

Geometriya, 7 sinf, A'zamov А., Haydarov B., Sariqov E., 2017.

Учебник по геометрии для 7 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Geometriyaga oid dastlabki tushunchalar bundan 4—5 ming yil muqaddam qadimgi Misrda paydo bo‘lgan. O‘sha kezlarda Nil daryosining suvi har yili toshib, ekin maydonlarini yuvib turgan. Shuning uchun, ekinzorlarni qayta taqsimlash va soliq miqdorini aniqlash uchun bu maydonlarda belgilash va o‘lchash ishlarini bajarishga tobg‘ri kelgan (1-rasm). Qadimgi yunon olimlari yer o‘lchash usullarini misrliklardan o‘rganib, uni geometriya deb ataganlar. “Geometriya” yunoncha so‘z bo‘lib, “geo” — yer, “metrio” — O‘lchash degan ma’noni anglatuvchi qismlardan tuzilgan.

Geometriya, 7 sinf, A'zamov А., Haydarov B., Sariqov E., 2017
Скачать и читать Geometriya, 7 sinf, A’zamov А., Haydarov B., Sariqov E., 2017
 

Geografiya, O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi, 7 sinf, G‘ulomov P., 2017

Geografiya, O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi, 7 sinf, G‘ulomov P., 2017.

Учебник по географии для 7 класса на узбекском языке.

   Aziz o‘quvchilar! Siz 6- sinfda «Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi» bilan tanishganingizda Yer yuzining rang-barangligini, har bir materik, okean tabiati betakror ekanini, har bir qit’aning o‘rganilish tarixini bilib oldingiz, geografik komplekslarni o‘rgandingiz. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va ta’sirlar, insonning tabiatdan foydalanish masalalari, tabiatni muhofaza qilish muammolari bilan tanishdingiz.
7- sinfda Siz mamlakatimiz —O‘zbekiston Respublikasi joylashgan tabiiy geografik o‘lka—O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi bilan Vatanimiz tabiiy geografiyasini o‘rganasiz. O‘rta Osiyoning geografik o‘rni, o‘ziga xos xususiyatlari, geologik tuzilishi, relyefi, foydali qazilmalari, iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari, hayvonot dunyosi, tabiatdan, uning boyliklaridan oqilona foydalanish masalalari bilan tanishasiz. Shu bilan birga, geografiyani o‘rganishda xaritalardan foydalanishni, xaritalarning qanday ishlanishini, turlarini, topografik xaritalar, ulardan qanday foydalanishni bilib olasiz. Yana vaqt hisobi, soat mintaqalari, iqlim hosil qiluvchi omillar, tuproqlar haqida umumiy tushunchalarga ega bo‘lasiz.

Geografiya, O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi, 7 sinf, G‘ulomov P., 2017
Скачать и читать Geografiya, O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi, 7 sinf, G‘ulomov P., 2017
 

Bon voyage, 7 sinf, Umarova S., Buxin V., Ubaydullayev M., 2019

Bon voyage, 7 sinf, Umarova S., Buxin V., Ubaydullayev M., 2019.

Учебник по французскому языку для 7 класса на узбекском языке.

   Le nouveau manuel de français en 7ème «Bon voyage» est une des Méthodes de français langue étrangère que vous avez déjà étudié pendant six années d’apprentissage du français à l’école.
Ce niveau vous propose de nombreux exercices écrits et oraux pour apprendre à écouter, à parler, à lire et à écrire en français.
Sur chaque page du Livre vous allez trouver des situations de communication, des illustrations, des documents, des photos qui vont vous permettre de mieux comprendre la langue et la culture françaises et de les comparer avec celles de votre pays. La structure de «Bon voyage» représente 8 Unités thématiques, divisées en Leçons, en pages d’entraînement et en page d’évaluation.

Bon voyage, 7 sinf, Umarova S., Buxin V., Ubaydullayev M., 2019
Скачать и читать Bon voyage, 7 sinf, Umarova S., Buxin V., Ubaydullayev M., 2019
 

Fizika, 7 sinf, Habibullayev P.Q., Boydedayev A., Bahromov A.D., 2017

Fizika, 7 sinf, Habibullayev P.Q., Boydedayev A., Bahromov A.D., 2017.

Учебник по физике для 7 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Tevarak-atrofimizda velosiped, avtomobil va odamlar yurishini; osmonda qush, vertolyot, samolyot va raketalar uchishini 2-rasm); suvda baliq, akula va delfinlar suzishini; Yer Quyosh atrofida, Oy esa Yer atrofida aylanishini kuzatishimiz mumkin. Jismning harakati ma’lum qonun-qoidalarga bo‘ysunadi. Masalan, olimlar kuzatish natijalari asosida osmon jismlarining qaysi vaqtda fazoning qaysi joyida bo‘lishini aniqlay oladilar. Jumladan, ular Oy va Quyoshning qachon tutilishini oldindan aytib berishlari mumkin.

Fizika, 7 sinf, Habibullayev P.Q., Boydedayev A., Bahromov A.D., 2017
Скачать и читать Fizika, 7 sinf, Habibullayev P.Q., Boydedayev A., Bahromov A.D., 2017
 

Algebra, 7 sinf, Alimov Sh.A., Xalmuxamedov A.R., Mirzaxmedov M.A., 2017

Algebra, 7 sinf, Alimov Sh.A., Xalmuxamedov A.R., Mirzaxmedov M.A., 2017.

Учебник по алгебре для 7 класса на узбекском языке.

   Ona yurtimiz mustaqil O‘zbekiston jahon ilm-u faniga, madaniyatiga yuzlab buyuk olimlarni, shoirlarni, davlat arboblarini, musavvirlarni yetishtirib bergan. Bilingki, siz ularning ezgu ishlari davomchisisiz!
Yoshlik bilim olish davridir.
Allomalar aytadi: „Yoshlikda olingan bilim toshga bitilgan yozuv kabi o‘chmasdir“. Algebrani, umuman, matematikani o‘rganish qunt va izchillikni, ko‘plab masala va misollarni tushunib, idrok qilib yechishni talab etadi. Meni yaxshi o‘rganib olsangiz, sizga umrbod do‘st bo‘lib qolaman!
Xulq-u odobingiz barkamol, ilmingiz ziyoda bo‘lishini istab.

Algebra, 7 sinf, Alimov Sh.A., Xalmuxamedov A.R., Mirzaxmedov M.A., 2017
Скачать и читать Algebra, 7 sinf, Alimov Sh.A., Xalmuxamedov A.R., Mirzaxmedov M.A., 2017
 

Tasviriy san’at, 6 sinf, Mirahmedov Q., 2017

Tasviriy san’at, 6 sinf, Mirahmedov Q., 2017.

Учебник по изобразительному искусству для 6 класса на узбекском языке.

   Mazkur darslik umumta’lim maktablarining 6-sinflari uchun O‘zbckiston Rcspublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi asosida yozildi. Bugungi kungacha 6-sinflar uchun umumta’lim maktablarida Davlat ta’lim standarti asosidagi tasviriy san’at darsligining bodmaganligi, o‘quvchilarga birmuncha qiyinchilik tug‘dirib, bo‘shliq hosil qilib keldi. Tasviriy san’at fani o‘qituvchilari ko‘p yillar davomida o‘quv reja asosidagi dars mavzularini qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib olib bordilar. Yangi darslikning yaratilgani fanni o‘qitishda quyidagi bir necha muammolarni hal etilishiga yordam beradi.

Tasviriy san’at, 6 sinf, Mirahmedov Q., 2017
Скачать и читать Tasviriy san’at, 6 sinf, Mirahmedov Q., 2017
 

Tasviriy san’at, 5 sinf, Kuziyev T., Abdirasilov S., Nurtoyev O‘., Sulaymonov A., 2015

Tasviriy san’at, 5 sinf, Kuziyev T., Abdirasilov S., Nurtoyev O‘., Sulaymonov A., 2015.

Учебник по изобразительному искусству для 5 класса на узбекском языке.

   Tasviriy san’atning ifodaviy vositalari va ifodaviy tilini tushunish va undan tasviriy-ifodaviy faoliyatda o‘rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Tasviriy saifatning ifodaviy tili sifatida kompozitsiya, chiziq, dog‘, rang, hajm, shakl, fazo, faktura tushunchalari, taniqli yirik musavvirlar asarlarining tahlili egallaydi va ular rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, sarfatshunoslik asoslari bo‘limlari orqali amalga oshiriladi.
Tasviriy saifatning ifodaviy vositalari sifatida rangtasvirda rang, surtma, chiziq, rang dog‘lari, rangdor va yorug‘lik kontrastlari, grafikada esa, chiziq, shtrix, kontur, tus, oq-qora dog‘lardan foydalaniladi. Tabiatda har bir buyum va narsalar o‘z rangiga ega. Bu ranglarda yorug‘-soyalar juda katta o‘rin tutadi.

Tasviriy san’at, 5 sinf, Kuziyev T., Abdirasilov S., Nurtoyev O‘., Sulaymonov A., 2015
Скачать и читать Tasviriy san’at, 5 sinf, Kuziyev T., Abdirasilov S., Nurtoyev O‘., Sulaymonov A., 2015
 
Показана страница 60 из 75