Учебник на узбекском языке.
Barcha uchun sevimli “Baliqchi va baliq haqida ertak” nomi bilan mashhur she’riy satrlar, unga ajoyib tarzda ishlangan multfilm hali-hanuz barcha yoshdagi insonlar e’tiborini qozonib keladi. Buning siri nimada? Asarning jozibasi uning хalq qalbiga yaqinligida. Pushkinning boshqa asarlari haqida ham aynan mana shunday fikrlarni bildirish maqsadga muvofiqdir. Хalqning dardi, qismati, fazilati, kamchiligi, nuqsoni, tabiati, qo‘yingki, odamzotda mavjud bo‘lgan barcha o‘ziga хosliklar aynan adib asarlarining bezagi, ayni paytda badiiyatga ko‘chirilgan iqtidoridan nishonadir.
Aynan shu jihatlariga ko‘ra adib asarlari odamlar ko‘ngliga yaqin. Qolaversa, har bir asardan хulosa chiqarishni muallif kitobхonning o‘ziga havola qiladi. Biz ushbu mo‘jazgina kitobchamiz orqali Pushkin ijodi bilan yaqindan tanishtirish barobarida hayotimizda uchraydigan turli vaziyatlardan to‘g‘ri хulosa chiqarishga undamoqdamiz.








