Учебник на узбекском языке.
Siz, albatta, farzandingiz aqlli, qiziquvchan va zukko bo'lishini istaysiz. Sizning oldingizda oson bo'lmagan ammo qiziqarli vazifa turibdi — farzandingizni atrofdagi olam bilan tanishtirish. Bolajonlar ko‘plab savollar berishadi, biz ularning savollariga ¡avob topib yordam bersak xursand bolamiz. «Kichkintoy ensiklopediyasi» sahifalari turfa olamning sirlariga boy. Farzandingiz bilan kitobni o‘qiganingizda siz qiziqarli kosmik sayohatni boshdan kechirasiz, issiq qumlar va muz sahrolarini tomosha qilasiz, shahar va qishloq ko'chalarini kezasiz, sirk va hayvonot bog'iga tashrif buyurasiz, hattoki o‘z uyingizda ham mehmon bolasiz. Sizning sodiq yo'ldoshlaringiz plastilin mitti odamlar bolishadi, ular sizni ensiklopediyamiz sahifalari orqali bilim olamiga yetaklashadi. Kitobimiz ko‘plab ajoyib rasmlarga boy, ularni bolajoningiz bilan tomosha qilib, kemadan - teatrga, metrodan - tropik changalzorga ko'chib, sayr qilishingiz mumkin.








