Учебник по произношению для 5 класса на узбекском языке.
Kar bolalar nutqida 5-sinfda ham talaffuz kamchiliklari kuzatiladi. Bu kamchiliklar ularning eshitish imkoniyatlarining o ‘z nutqlarini nazorat qila olmaslik darajada pastligi, nutqining hali faol rivojlanmaganligidandir. Bu davrda o ‘quvchilarning nutqi va talaffuzlari ustida ishlashga bo‘lgan ehtiyoj har bir o‘quvchi uchun individual bo‘lganligi sababli o‘qituvchi berilgan talaffuz mashqlaridan differensial ravishda tanlab qo‘llashi talab qilinadi. Shu bilan bir qatorda darslikda berilgan barcha o ‘quv va korreksiya materialini barcha o‘quvchilarga rejalashtirgan holda, har bir o‘quvchining individual kamchiligiga alohida to ‘x talib borish ham maqsadga muvofiq. Chunki talaffuz mashqlari va qoidalari qanchalik ko‘p takrorlanib borilsa, o‘quvchilarning ko‘nikmalari shunchalik mustahkamlanib borishi ta ’minlanadi.
Ushbu darslik asosida muntazam va izchil ish olib borilsa, o ‘quvchilar talaffuzining me’yorga yaqinlashtirilishi ta ’minlanadi deb umid qilamiz.
