книга на узбекском языке

Меҳробдан чаён, Роман, Қодирий А., 1994

Меҳробдан чаён, Роман, Қодирий А., 1994.

Книги по художественной литературе на узбекском языке.

Туркистон феодалларининг кейинги вакили бўлған Худоёрнинг ўз хоҳиши йўлида деҳқон оммаси ва майда ҳунарманд — косиб синфини қурбон қилиши, мамлакат хотин-қизларини истаганча тасарруф этиши, бунга қарши келгучилар тиласа ким бўлмасин, раҳмсиз жазо бериши рўмоннинг мавзуъидир. Худоёрнинг бу йўлдағи биринчи истинодгоҳи бўлған уламолар, уларнинг ички-ташқи аҳволи, ахлоқи, мадраса ва оила ҳаёти, уламода инсоний ҳис битканлиги ва қолғани ҳам хабосат пардаси остида сезилмас даражага етканлиги мундарижа сиғдирған қадар баён қилинадир. Булар рўмоннинг номарғуб — манфий қаҳрамонлари. Иккинчи тарафда мазкур қора кучларга қарши "тубан" синф — камбағаллар, уларнинг хонлиқ тузилишига, қора куч — уламо алайҳига чиқиши. Меҳнаткаш камбағалларнинг ахлоқи, сажияси, оиласи, турмиши ва бир-бирига алоқаси, самимияти.
Албатта, мен бу сўнғи марғуб қаҳрамонларни ўзбек тарихининг ҳазми кўтарган қадар ўз ҳолича олишқа тиришдим. Уларнинг хон ва уламога қарши исёни табиъий — шаръийдир. Чунки шундан ортиғо сохта бўлиши устига китобнинг қадрини ҳам тушурар эди. Шу икки синф курашини тасвир қилиш воситасида хон ҳарами, хотинлари, қирқ қизлар, тарихий ва этнўғрафий лавҳалар, ўзбек ҳаёти, қизиқчилиғи, танқидчилиғи, ўзбек хотин-қизлари орасидағи истеъдод, шоиралар, азкиячилик ва бошқа яна кўб нуқталарни қамраб олинди. Рўмонда яна бундан бошқа кўб жиҳатлар бор. Уларни бу ерда санаб ўлтуриш ҳожат эмас, улар муҳтарам ўқуғучининг назаридан қочиб қутилмас.

Меҳробдан чаён, Роман, Қодирий А., 1994
Скачать и читать Меҳробдан чаён, Роман, Қодирий А., 1994
 

O’tkan kunlar, Roman, Qodiriy A., 2007

O’tkan kunlar, Roman, Qodiriy A., 2007.

Книги по художественной литературе на узбекском языке.

Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sunda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o‘xshash dostonchiliq, ro‘monchiliq va hikoyachiliqlarda ham yangarishg‘a, xalqimizni shu zamonning «Tohir-Zuhra»lari, «Chor darvesh»lari, «Farhod-Shirin» va «Bahromgo‘r»lari bilan tanishdirishka o‘zimizda
majburiyat his etamiz.
Yozmoqqa niyatlanganim ushbu — «O‘tkan kunlar», yangi zamon ro‘monchilig‘i bilan tanishish yo‘lida kichkina bir tajriba, yana to‘g‘risi, bir havasdir. Ma’lumki, har bir ishning ham yangi — ibtidoiy davrida talay kamchilik-lar bilan maydong‘a chiqishi, ahllarining yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib, takomulga yuz tutishi tabiiy bir holdir. Mana shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kechaturgan qusur va xatolardan cho‘chib turmadim.
Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar. Shunga ko‘ra mavzu’ni moziydan, yaqin o‘tkan kunlardan, tari-ximizning eng kirlik, qora kunlari bo‘lg‘an keyingi «xon zamonlari»dan belguladim.

O’tkan kunlar, Roman, Qodiriy A., 2007
Скачать и читать O’tkan kunlar, Roman, Qodiriy A., 2007
 

Uch sayyohning safari, Qissa, ertak va rivoyatlar, To‘xtaboyev X., 2019

Uch sayyohning safari, Qissa, ertak va rivoyatlar, To‘xtaboyev X., 2019.

Книги по художественной литературе на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Bora-bora tog‘-u toshlar cho‘kishi, daryo-yu ko‘llar qurishi, yam-yashil o‘rmonlar o‘tinlar uyumiga aylanishi, yemirilishi mumkin. Lekin bolalik deb atalmish g‘aroyib saltanat borki, u zinhor zavol ko‘rmaydi, sinalgan qonun-qoidalari asosida yashayveradi. Awalo, u zamon, makon, irq, din, jins tanlamaydi.

Uch sayyohning safari, Qissa, ertak va rivoyatlar, To‘xtaboyev X., 2019
Скачать и читать Uch sayyohning safari, Qissa, ertak va rivoyatlar, To‘xtaboyev X., 2019
 

Semiz va oriq, Hikoyalar, Chexov A., 2020

Semiz va oriq, Hikoyalar, Chexov A., 2020.

Книги по художественной литературе на узбекском языке.

Jahon adabiyoti hikoyachiligini mashhur rus yozuvchisi Anton Chexov ijodisiz tasawur qilish mushkul. XIX asming so‘nggi choragida rus kitobxonlari e’tirofiga sazovor bolgan yozuvchi hikoyalari XX asrning dastlabki yillaridayoq o‘zbek kitobxonlariga taqdim etildi. Abdulla Qodiriy va Cholpon ham taijima orqali hikoyanavislikni aynan Anton Chexovdan o‘rgangan bolsa ajab emas.
Adabiyotimizda hikoyachilikda beqiyos oringa ega bolgan Abdulla Qahhor taijimalari esa Chexov ijodini o‘zbek kitobxonlariga tanishtirishda asosiy ko‘prik bolib xizmat qildi.
Mazkur to‘plamga yana qator tarjima hikoyalar ham kiritildiki, mazkur asarlar orqali Chexovning hayotiy va ijodiy saboqlairidan bahramand bolasiz.

Semiz va oriq, Hikoyalar, Chexov A., 2020
Скачать и читать Semiz va oriq, Hikoyalar, Chexov A., 2020
 

Sir ochildi, Qissa va hikoyalar, To‘xtaboyev X., 2019

Sir ochildi, Qissa va hikoyalar, To‘xtaboyev X., 2019.

Книги по художественной литературе на узбекском языке.

Ushbu to‘plam bolalarga mehnatsevarlik, mardlik, faollik, to‘g‘riso‘zlik, mehribonlik kabi ko‘plab insoniy fazilatlarni i singdirishga xizmat qiladigan qissa va hikoyalarni o‘zida ' mujassamlashtirgan. Undagi sarguzashtlar, bolalarning i kechinmalari hammaga tanish va hayotiy aks ettirilgan. Kitob maktab yoshidagi bolalar uchun mo‘ljallangan.

Sir ochildi, Qissa va hikoyalar, To‘xtaboyev X., 2019
Скачать и читать Sir ochildi, Qissa va hikoyalar, To‘xtaboyev X., 2019
 

Yirtilgan kovushlar, Aka-uka Grimmlar, 2012

Yirtilgan kovushlar, Aka-uka Grimmlar, 2012.

Книги по художественной литературе на узбекском языке.

Фрагмент из книги.
Qqadim zamonda bir qirol yashagan ekan-u, uning o‘n ikkita go‘zal qizi bo‘lgan ekan. Kechqurun uyqu oldidan qirolning shaxsan o‘zi saroydagi hamma kirish-chiqish eshik-larini qulflab qo‘yar ekan.

Yirtilgan kovushlar, Aka-uka Grimmlar, 2012
Скачать и читать Yirtilgan kovushlar, Aka-uka Grimmlar, 2012
 

Dengiz shohi va dono Vasilisa, Abdurahmon A., 2012

Dengiz shohi va dono Vasilisa, Abdurahmon A., 2012.

Книги по художественной литературе на узбекском языке.

Фрагмент из книги.
Uzoq-uzoq mamlakatda podsho bilan malika yashagan ekan, ulaming bolalari yo‘q ekan. Podsho o‘zga mamlakatlar va ellarni aylangani jo‘nabdi, uzoq vaqt uyida bo‘lmabdi.

Dengiz shohi va dono Vasilisa, Abdurahmon A., 2012
Скачать и читать Dengiz shohi va dono Vasilisa, Abdurahmon A., 2012
 

Hunarning xosiyati, O‘zbek xalq ertaklari, Zaparov R., 2015

Hunarning xosiyati, O‘zbek xalq ertaklari, Zaparov R., 2015.

Книги по художественной литературе на узбекском языке.

Фрагмент из книги.
Qadim zamonda bir zolim podshoh bor ekan. U birmuncha kun, birmuncha yil xalqni ezib, yanchib, yeydigan ovqatining yarmini olib sotib, oltin-kumushni yig‘ib, xalqdan yig‘gan pul bilan o‘z o‘rdasiga bir tup chinor qildirmoqchi bo‘libdi. Ustalarni yig‘ib: «Bu chinorning tanasi yoqutdan, shoxchalari zumraddan, barglari zabarjaddan, mevalari gavhar-u shamchiroqdan bo‘lsin!« deb amr qilibdi. Shahar xalqi buni eshitib: «Bu daraxt bitguncha bosh qashigani timog'imiz ham qolmasa kerak», deb qayg‘uribdi.

Hunarning xosiyati, O‘zbek xalq ertaklari, Zaparov R., 2015
Скачать и читать Hunarning xosiyati, O‘zbek xalq ertaklari, Zaparov R., 2015
 
Показана страница 1 из 13