Tasviriy san’at, 5 sinf, Kuziyev T., Abdirasilov S., Nurtoyev O‘., Sulaymonov A., 2015.
Учебник по изобразительному искусству для 5 класса на узбекском языке.
Tasviriy san’atning ifodaviy vositalari va ifodaviy tilini tushunish va undan tasviriy-ifodaviy faoliyatda o‘rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Tasviriy saifatning ifodaviy tili sifatida kompozitsiya, chiziq, dog‘, rang, hajm, shakl, fazo, faktura tushunchalari, taniqli yirik musavvirlar asarlarining tahlili egallaydi va ular rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, sarfatshunoslik asoslari bo‘limlari orqali amalga oshiriladi.
Tasviriy saifatning ifodaviy vositalari sifatida rangtasvirda rang, surtma, chiziq, rang dog‘lari, rangdor va yorug‘lik kontrastlari, grafikada esa, chiziq, shtrix, kontur, tus, oq-qora dog‘lardan foydalaniladi. Tabiatda har bir buyum va narsalar o‘z rangiga ega. Bu ranglarda yorug‘-soyalar juda katta o‘rin tutadi.
