Книги по художественной литературе на узбекском языке.
Hech qanday manfaatlarsiz odamlarga yaxshilik qilmoqqa chog'langan, bu yo'lda hatto o‘z jonini fido etishdan qaytmaydigan mard o'g'lonlar kamol topgan bu yurtda. Ulaming qahramonliklari asrlardan-asrlarga o‘tib, afsonaga aylangan. Oilada tug'ilgan o‘g‘il farzandini yurt koriga yaraydigan, vatani va oilasining xaloskori qilib tarbiyalashni niyat qilgan onajonlarimizga bag'ishlanadi bu kitob.
Shuningdek, mehnatim, nomusim, g'ururim bilan el orasida hurmat qozonaman, degan ulug‘ maqsad bilan yashayotgan yosh do'stlarimiz uchun bu kitob.
Azaliy va o'lmas mavzu yaxshilik va uning inson hayotidagi o‘rni masalasiga bag'ishlangan «Najot» afsona-qissasini e’tiboringizga havola qilishdan maqsadimiz - bugun kamolga yetayotgan, qadr-qimmat masalalari biroz unut bo'layotgan axborotlashuv asrida yosh do'stlarimizga ular buyuk avlodning ajdodi ekanliklarini eslatishdan iborat.
