Geometriya, 7 sinf, Xaydarov B., Tashtemirova N., Asrorov I., 2022.
Учебник по геометрии для 7 класса на узбекском языке.
Siz matematikaning eng jozibali bo‘limi – geometriyani o‘rganishni boshlayapsiz. Quyi sinflarda ayrim geometrik shakllar va ularning xossalari bilan tanishgan edingiz. 7-sinfda geometrik shakllarning g‘aroyib olamiga sayohat qilib, uni atroflicha va tizimli ravishda o‘rganishga kirishasiz.
Bizni geometrik shakllar olami o‘rab turadi. Geometrik shakllarga kundalik turmushda har qadamda duch kelamiz. Haqiqatan, to‘rtburchak shaklidagi deraza romi, qor parchasining hayratomuz shakli, turli shakldagi binolar, gugurt qutisi, velosiped g‘ildiragi, sovun pufaklari, gullar, daraxt barglari va shu kabi narsalar biror-bir shaklga ega.
