Informatika, 7 sinf, Boltayev B.J., 2017.
Учебник по информатике для 7 класса на узбекском языке.
Aziz o‘quvchilar! Siz avvalgi sinflarda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan biri bo‘lgan kompyuterdan foydalanish bo‘yicha dastlabki ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ldingiz. Shu bilan birga, kompyuter – o‘qitish, hisoblash, tasvirlash, tahrirlash, dam olish hamda axborot bilan ishlash vositasi ekanligi haqida ma’lumot oldingiz.
Ushbu darslik yordamida Siz axborotni to‘plash, uzatish, saqlash va qayta ishlash qonunlari, usullari hamda tezkor komp yuterlar va boshqa zamonaviy vositalar ko‘magidan foydalanishni o‘rganasiz. Hozirgi kunda axborotning qimmatbaho mahsulotga
aylanib borayotgani informatika fanining nufuzi va ahamiyati o‘sib borayotganidan dalolatdir.
Taqdim etilayotgan ushbu darslik Sizni informatika olamiga olib kiradi, uning sirlarini o‘rganishda muhim ko‘makchi bo‘ladi, deb umid qilamiz.
O‘ylaymizki, informatika fani sizlarda kompyuter doimiy ko‘makchi va mehnatingizni yengillashtiruvchi vosita ekanligi haqida tasavvur qoldirishi bilan birga, o‘z amaliy ishingizda yangi qirralarning ochilishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi.
