Учебник по физкультуре для 4 класса на узбекском языке.
Ushbu o‘quv qo‘llanma uchta bo‘limdan iborat bo‘lib, siz, aziz bolalar, birinchi, ya’ni „Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy bilim asoslari“ bo‘limida jismoniy tarbiya va sportga oid, organizmni chiniqtirish, jismoniy tarbiya jarayonida har xil shikastlanishlar yuz berganda birinchi yordam ko‘rsatish, to‘g‘ri qad-qomatni shakllantirish hamda jismoniy mashqlarni bajarishda to‘g‘ri nafas olish haqida nazariy bilim asoslari bilan tanishasiz.
Bu nazariy bilimlarni egallashingiz uchun, birinchi navbatda, o‘z kun tartibingizni tuzib, unga qat’iy rioya qilishingiz, mustaqil badantarbiya mashqlarini bajarish jarayoniga qo‘yiladigan gigiyenik talablarga rioya qilish ko‘nikmasini egallashingiz zarur.








