Учебник по биологии для 10 класса на узбекском языке.
Siz 7–9-sinflarda o‘qish mobaynida biologiya darslarida tabiat haqidagi ko‘plab tushuncha va atama, qonuniyatlar bilan tanishdingiz. Bu o‘quv yilida siz biologiyani o‘rganishni davom ettirasiz. Biologiya tirik organizmlarning tuzilishi, o‘ziga xos xususiyatlari, ko‘payishi, rivojlanishi, kelib chiqishi, tabiiy jamoalar va yashash muhiti bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganadi. Biologik bilimlar sizga olamning ilmiy manzarasini keng anglagan holda kelgusida shaxs sifatida shakllanishingiz, kasb tanlashingiz, ilmiy dunyoqarashingizni kengaytirish hamda ekologik tafakkurga ega bo‘lishingizga zamin tayyorlaydi. Mazkur darslik yordamida siz biologiya darslarida va mustaqil ravishda hayotning quyi tuzilish darajasidan yuqori tuzilish darajasiga qadar tabiatga yaxlit sistema sifatida qarashni, biologik tushuncha, nazariya va qonuniyatlarni umumlashtirish, ular o‘rtasidagi sabab-oqibat zanjirini o‘rnatgan holda bir tizimga keltirishni o‘rganasiz.








