Matematika, 5 sinf, 1 qism, Xaydarov B.Q., 2020.
Учебник по математике для 5 класса на узбекском языке.
Siz bu o'quv yilida ham matematika bilan tanishishda davom etasiz. Matematika ming yillar muqaddam inson ehtiyojlarining mahsuli sifatida vujudga kelgan. Uning rivojiga buyuk ajdodlarimiz - sharqning mashhur allomalari, buyuk matematik olimlari ulkan hissa qo'shishgan. Hozirda hech bir kishi matematikani bilmasdan turib, o'z turmushini bekamu-ko'st tasavvur qila olmaydi. Matematika sizga shunchaki hisob-kitob ishlarini o'rgatib qolmasdan, eng asosiysi - sizni mantiqiy fikrlashga, mushohada yuritishga, hayotiy muammolarning eng maqbul yechimini topishga yordam beradi, aqlingizni peshlaydi.
Qo'lingizdagi mazkur darslik ezgu maqsadlaringizni amalga oshishida sizga hamrohlik qiladi, beminnat yordamchi bo'ladi. Uning sahifalaridan nafaqat matematikaga oid ma'lumotlar bilan, balki texnika, fan tarixi, atrof-olam va kundalik turmushga oid qiziqarli va foydali ma'lumotlar bilan ham tanishasiz. Bu ma'lumotlar turli-tuman masala va misollar ko'rinishida e'tiboringizga havola qilinmoqda.
