Sehrli uzuk, Hind xalq ertaklari/ruschadan, Yoqubov A., 2015.
Hind xalqining ajoyib voqealarga, turfa sarguzashtlarga boy ertaklari bolalarning jon-u dili. Chunki Hindistonning betakror tabiati har bir insonni o‘ziga maftun etishi tabiiy. Ana shunday betakror tabiat olamida ertak qahramonlari bilan birga bo‘lish, ularning ezgu orzu umidlarini his etish, yovuzlik ustidan ular bilan birga g‘alaba qozonish ertaksevar bolalarni doimo o‘ziga chorlaydi. Ana shularni hisobga olgan holda o‘tgan asrning 70-yillarida mohir tarjimon Ahmadjon Yoqubov tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan hind xalqining sara ertaklarini qayta nashr etishga jazm etdik. Zero, ertaklar bolalarga doimo quvonch bag‘ishlaydi, ularning dunyoqarashini kengaytiradi, ezgulikka oshno qiladi. Hind xalq ertaklarini qayta nashrga tayyorlash jarayonida ertaklarning ma’no-mazmuni, bolalarning yoshiga mosligi to‘liq ko‘rib chiqildi. Dastlabki nashrda yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar tuzatildi. Qo‘lingizdagi kitobda qahramonlik, do‘stlik, sadoqat, mehr-oqibat va boshqa go‘zal insoniy xislatlar haqidagi ertaklar jamlangan. Bu ertaklar siz aziz kitobxonlarga ham manzur bo‘ladi degan umiddamiz.
![Sehrli uzuk, Hind xalq ertaklari/ruschadan, Yoqubov A., 2015 Sehrli uzuk, Hind xalq ertaklari/ruschadan, Yoqubov A., 2015](/img/knigi/hudlit/1663/166343.jpg)