Musiqa, 3 sinf, Norxo‘jayev N., Umidova D., Rashidova N., 2022.
Учебник по музыке для 3 класса на узбекском языке.
Aziz o‘quvchi! Qo‘lingizdagi “Musiqa” darsligi sizni g‘aroyib kuy va ohanglar dunyosiga boshlaydi, his-tuyg‘ularingizni noziklashtirib, didingizni charxlaydi, go‘zallikni sevishga o‘rgatadi.
Siz 3-sinfda musiqa ohanglarini diqqat bilan tinglash hamda qo‘shiqlarni xushohang qilib kuylash malakalarini o‘zlashtirasiz, musiqa savodi bo‘yicha yangi bilimlarni egallaysiz, kompozitor va bastakorlar ijodi bilan tanishasiz. Musiqiy ko‘nikmalaringizni yanada boyitasiz. Yil davomida kuylaydigan qo‘shiqlaringiz sizni ona-Vatanga sa doqat ruhida tarbiyalaydi. Baxtli bolalik mavzularini tarannum etadi. Shuning uchun ham kuy va qo‘shiqlar mazmunini chuqurroq anglang, so‘z va ohang birligini idrok eting. Ifodali va xushohang tarzda ijro etish malakasini yanada puxtaroq o‘zlashtirib olishga erishing.