Учебник по изобразительному искусству для 6 класса на узбекском языке.
Aziz o‘quvchilar! “Tasviriy san’at” 6-sinf darsligi bilan siz tasviriy san’atning yanada qiziqarli va zamonaviy qirralarini o‘zingiz uchun kashf etasiz. Zamonaviy tasviriy san’atning rang-barang va sehrli olami sizga o‘zining sirlarini ochib beradi. Darslik yordamida rasm ishlashning fl uid art, pop art, 3D, “Doodling” va “Zentangle” kabi yangicha usullari, kinetik haykal yasash texnikasi, kompyuter grafi kasida tasvir ishlash mavzulari yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lasizlar.
Mazkur darslik badiiy estetik didingizni shakllantiradi, ijodiy tafakkuringizni rivojlantiradi, sizni innovatsion g‘oyalar yaratishga o‘rgatadi hamda kasb-hunar egallashga yo‘naltiradi. “Tasviriy san’at” darsligini puxta o‘zlashtirish va mustaqil ijod yo‘lida muvaff aqiyatlar tilaymiz!
